3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish funksiyasi



Yüklə 211,78 Kb.
səhifə28/43
tarix02.06.2023
ölçüsü211,78 Kb.
#123464
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

43.8. Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish funksiyasi.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko‘rsatadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki iste’mol jarayonida kechadigan funksiyalardan farqli o‘laroq qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo‘sh moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo‘naltiruvchi va natijada yuqori foydani ta’minlovchi o‘ziga xos dastak sifatida namoyon bo‘ladi.
Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo‘sh pul mablag‘lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to‘lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
O‘zining turli tarmoqlar va mintaqalarda tabaqalanish darajasiga tayanib, kredit iqtisodning stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Bazi hollarda bu funksiyaning amalga oshirilishi bozor tizimida nomutanosiblikning chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. SHuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Muomalaga to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi.Bu funksiyaning amalga oshishi jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisobkitoblarni naqdsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinuvining kerakli elementi sifatida muhim o‘rin tutadi.



Yüklə 211,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin