3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Sudxo‘rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va bank



Yüklə 211,78 Kb.
səhifə30/43
tarix02.06.2023
ölçüsü211,78 Kb.
#123464
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

44.2. Sudxo‘rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va bank
kreditining paydo bo‘lishi.
Kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng tarqalgan kredit bo‘lib xisoblanadi. Amalda sudxurlik krediti Markaziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mablag‘larni vaqtincha foydalanishga berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag‘batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funksiyalarining natijasi sifatida aniklashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaktinchalik moliyaviy resurslarga bulgan extiyojini kondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi.
Pul mablag‘lariga extiyoj ishlab chiqarishnining nafakat mavsumiy, shuningdek boshka sabablariga xam bog‘lik. Barcha xollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.
Boshka iktisodiy kategoriyalar singari kredit maxsulot ishlab chiqarish va muomala soxasini ragbatlantiradi. SHuningdek kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muxim ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mexnat unumdorligini va mexnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin. Kreditning muxim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to‘lashligini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko‘rinishida jamg‘arish kerak. Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iktisodiyotning rivojlanishiga va aloxida korxona faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iktisod kilish yuli bilan ta’sir etadi. Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mexnatni bevosita iktisod kila olmaydi, chunki uning uzi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Iktisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining birinchi shakllaridan bo‘lib, veksel muomalasini vujudga keltirgan va nakd pulsiz xisob kitoblarining rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat kreditining subektlari sifatida turli shaxslar: mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar, kryoditning obyekta sifatida sotilayotgan tovar ishtirok kiladi. Tijorat krediti uzining amaliy kurinishini xuquqiy shaxslar o‘rtasida tovar va xizmatlarning to‘lov muddatini cho‘zish orkali sotish shaklidagi moliya xo‘jalik munosabatlarida topadi. Bu kredit shaklining asosiy maksadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orkali foyda olishdan iborat.
Tijorat kreditning an’nanaviy vositasi bo‘lib, qarz oluvchining qarz beruvchiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarini aks ettiruvchi veksel xisoblanadi. Veksel bu qarz majburiyati bo‘lib, qarz oluvchi o‘z zimmasiga qarzni ko‘rsatilgan summada, ko‘rsatilgan joyda, belgilangan muddatda to‘lash majburiyatini oladi.
Amaliyotda vekselning ikki turi kullaniladi. Oddiy va o‘tkazma veksel. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun unga to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
O‘tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar summasi uning topshirigiga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko‘rsatuvchiga o‘tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda ko‘rsatilgan summani uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risidagi buyro‘g‘ini ifodalovchi xujjat amaliyotda tratta deb xam yuritiladi.
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1.Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kredit-moliya tashkilotlari emas, balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xamda sotish bilan shug‘ullanuvchi turli xuquqiy shaxslar ishtirok qiladi;
2. Tijorat krediti fakatgina tovar shaklida beriladi;
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan integratsiyalashgan xolda xarakat qiladi. Bu bozor iktisodiyoti sharoitda turli ixtisosdagi va faoliyat yo‘nalishdagi korxonalarni o‘z ichiga oluvchi xolding, moliyaviy kompaniyalarning vujudga kelishida o‘z amaliy aksini topadi;
4. Berilgan vaqt oralig‘ida tijorat kreditining o‘rtacha qiymati bank foiziiing o‘rtacha stavkasidan doimo kichik bo‘ladi;
5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo‘yicha tulov (foiz stavkasi) aloxida aniqlanmaydi. Foiz to‘lovi tovar baxosiga qo‘shilgan xolda rasmiylashtiriladi.
Iktisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining shakllaridan biridir. Uning obyekti pul mablag‘larini bevosita ssudaga berish jarayoni xisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo‘lishlari zarur. Qarz oluvchi sifatida xuquqiy shaxslar, axoli, davlat, xorijiy davlat mijozlari ishtirok kilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining vositasi bo‘lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi xisoblanadi. Bu kredit turi bo‘yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi kurinishida bo‘ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari xisobga olinadi.
Qiska muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo‘jalik faoliyatida aylanma mablag‘lar etishmovchiligini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Bozor iktisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo‘lishi ssuda kapitali bozorida mustakil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar ko‘rsatishda, banklararo kreditlash rejimida ko‘proq qo‘llaniladi.
Xozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
• kreditlarning juda qisqa muddatlarga (bazida bir oygacha muddatga) berilishi;
• kreditning muddati va foiz stavkasining bir biriga teskari proporsional ( kreditning muddati juda qisqa bo‘lsada, foiz stavkasi juda yukori ) bo‘lishi;
• ishlab chiqarish soasidan ko‘proq muomala soxasiga xizmat ko‘rsatish;



Yüklə 211,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin