3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra turlari. Kreditning kreditlash



Yüklə 211,78 Kb.
səhifə35/43
tarix02.06.2023
ölçüsü211,78 Kb.
#123464
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

45.2. Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra turlari. Kreditning kreditlash
obyektlariga ko‘ra turlari.
Kredit xar kanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chikarit maxsuli, kiymatning xarakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.Keditning moxiyati uning ichki belgilarini ochib berishga karatilgan. Kreditning moxiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muxim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarini bilish demakdir.
YUqoridagi fikrlarga asoslangan xolda kreditning ba’zi muxim tomonlari aniqlanadi:
birinchidan, uning ijtimoiy maxsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta taqimlashga bog‘likligi;
ikkinchidan, kreditning xarakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi;
uchinchidan, takror ishlab. chiqarishdagi xarakatning asosiy xal etuvchi belgisi (qarz) ekanligi va x. k
Berilgan kredit kaytarib berishlilik xarakteriga ega. U xuddi shu sifati bilan moliyadan farq qiladi.
Ssuda kapitali manbalarining taxlili kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi moxiyatini aniklashga asos bulib xizmat kildi.
Bir kator iktisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaktincha bo‘sh pul mablaglarini yigish va ularni taksimlash shaklidir.
Kreditning moxiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, xarakat bosqichlarini, iqtisodiy kategoriya sifatidagi muxim belgilarini ijtimoiy - iqtisodiy xarakteristikasini ko‘rib chikamiz.
Xar qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi kredit xam o‘zining bir kator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi.
Kreditning funksiyasi - bu kreditning iktisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon bulishidir.
Kreditni taxlil qilishda, funksiya, uning moxiyati va roli o‘rtasidagi oralik zveno sifatida ko‘rib chiqiladi.
Respublikamizning ko‘zga kuringan olimalaridan biri SH. Abdullaeva o‘zining "Pul, kredit va banklar" nomli kitobida? kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi:

  • kredit (qarz beruvchi);

  • qarzdor.

Bundan tashqari, kredit kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning obyekti yuzaga keladi.
Bunda qarzga berilgan mablag o‘z kiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy xususiyati xisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning xarakat bosqichlari xam uni muxim belgisi xisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat xarakatini quyidagicha ifodalash mumkin:
Bk - Okz - Ik - Vr + Qk - Fks
Bk- kreditning berilishi;
Okz - kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik extiyojini qondirish uchun olinishi;
Ik - kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olinganligi bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi;
Vr - qarz oluvchining xo‘jaligida qarzga olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishdan chikarilishini ifodalaydi;
Qk - kreditni qaytarish;
Fks - vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo‘liga qaytib kelishi (foiz bilan).
Kredit moxiyatining taxlili uzluksiz jarayon. Bunda taxlil jarayonida yangidan yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Kredit mexanizmini tashkiliy iqtisodiy elementlaridan biri kredit obyektlaridir. Kredit obyektlari deyilganda kredit beriladigan aniq maqsad yoki uning nimaga mo‘ljallanganligi tushuniladi. Xo‘jaliklarga beriladigan kreditlarni ishlab chiqarish fondlarining aylanishi bilan uzviy bog‘liqligi korxona va tashkilotlarni kredit berish jaryonini 2 sferaga ajratishni taqazo etadi:

  1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kredit berish.

  2. Kapital xarajatlar va quyilmalarni kredit berish.

Kredit berish bu tarzda 2 sferaga ajratish aylanma va asosiy fondlarning aylanishlaridagi xususiyatlar bilan belgilanadi. Ma’lumki, aylanma mablag‘lar o‘zlarining harakatchanligi aylanish tezligining kattaligi va ularni tashkil etishga beriladigan kreditlarning muddatini qisqaligi bilan ajralib turadi.



Yüklə 211,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin