3-Mustaqil ishi Topshirdi: Omonov d tekshirdi: Mamatqulova d 2022-2023 yil. Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#182858
  1   2   3   4   5
Omonov Doston dinshunoslik 3-m.i




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali TT-12-22 guruh talabasi Omonov Dostonning Dinshunoslik fanidan bajargan
3-Mustaqil ishi


Topshirdi: Omonov D
Tekshirdi: Mamatqulova D
2022-2023 yil.


Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi.

Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi orqali oshdi. Bu dinni mahalliy aholi Missionerlar O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli yerlarda yashaganlar.

Xristianlikning Eron, keyinchalik Markaziy Osiyoda tarqalishi bu din vakillarining avval Vizantiya, keyin esa Sosoniy hukmdorlar tomonidan tazyiq ostiga olinishlari bilan bog‘liq. Marvda IV asr boshlarida yepiskoplik, V asr boshida esa mitropoliya tashkil qilinadi. Turli ibodatxona va monastirlar mitropoliyaning yaqin va uzoq hududlarida o‘z faoliyatini hech qanday qarshiliklarga uchramay davom ettiradi. Mitropoliyalar. Qadimgi So‘g‘dda xristianlik vakillari o‘zlarining dinlariga qarshiliklarsiz e’tiqod qilganlar va diniy marosimlarini erkin amalga oshirganlar. Bu esa mazkur mintaqada mahalliy aholiga diniy e’tiqod erkinliklari yaratilganligini ko‘rsatadi. Masalan, bu davrda Urgutda xristianlar cherkovi, zardushtiylar va buddaviylar ibodatxonalari faoliyat yuritgan. VIII asrda Movarounnahr arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan davrda musulmon jamiyatida xristianlar boshqa din vakillariga qaraganda ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘lib, yuqori lavozimlarda faoliyat yuritganlar. X asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda islom dini keng tarqalgan bo‘lsa-da, Urgutdagi xristianlik cherkovi shu darajada rivojlanib ketadiki, arab geografi Abu Muhammad Qosim ibn Havqal uni yerga va turli xususiy mulkchilik shakllariga ega katta monastir (rohibxona) sifatida ta’riflaydi. Amir Temur davlatida ham diniy bag‘rikenglik muhiti saqlanib qolgan. Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Samarqandda turli din vakillari yashagan. Jizzax viloyatida — Vinkerd hududidagi g‘or devorlaridan xristianlik tarixiga oid Iso Masih go‘dakligi ifodalangan suratlar topilgan. XIX asrda xristianlarning Turkiston shimoliy hududlariga kirib kelishi Chor Rossiyasi tomonidan o‘lka ning bosib olinishi bilan bog‘liq. Harbiy qo‘shin tarkibida ruhoniylar ham bo‘lgan. Askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘chma ibodatxo nalar tashkil etilgan. 1850-yilda Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod qilingan. 1871-yilda rus imperatorining Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan. Dastlabki cherkovlarning ko‘pchiligi odmi bo‘lgan va qo‘ng‘iroqlari ham bo‘lmagan. Xristianlarning ko‘payishi XIX asr oxirlaridan boshlab bir nechta o‘sha davr zamonaviy cherkovlaridan qolishmaydigan inshootlarning bunyod bo‘lishiga olib keldi.

Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin