3-Mustaqil ishi Topshirdi: Omonov d tekshirdi: Mamatqulova d 2022-2023 yil. Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi


O`zbekistonda konfessiyalararo bag`rikenglikning tarixiy ildizlari



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#182858
1   2   3   4   5
Omonov Doston dinshunoslik 3-m.i

O`zbekistonda konfessiyalararo bag`rikenglikning tarixiy ildizlari.


Ma'lumki, Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma xil dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o'xshash bo'lmagan turli xalqlar, millatlar, yashagan va yashab kelayotgan o'lkadir. Qadim zamonlardan bizning yurtimizda zardushtliylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo'lgan. VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom dini mahalliy xalqlarning axloq g'oyalari, huquqiy me'yorlari va urf-odatlari bilan uyg'unlashib, hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi ta'limoti hamda ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlar uzul-kesil qaror topdi.
Mustaqillik yillari O'zbekistonda ushbu tarixiy an'anaga yangicha rux bag'ishlagan holda turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi.
Joriy yilning 16 noyabr` kuni Toshkent islom universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi “YUNESKO” Xalqaro tashkiloti tomonidan “16 noyabr` kuni - Xalqaro bag'rikenglik kuni” deb e'lon qilingan kuniga bag'ishlab tashkil etilgan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanda respublikamizda turli millat va diniy urf-odat hamda an'analar hurmat qilinishini ta'minlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish, tenghuquqlilik va o'zaro hamkorlikni qaror toptirish sohasida amalga oshirilayotgan salmoqli ezgu ishlar muhokama qilindi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Toshkent islom universiteti, “YUNESKO”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda tashkil etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiyalar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari va keng jamoatchilik a'zolari ishtirok etdilar.
Konferentsiyada so'zga chiqqanlar tomonidan O'zbekistonning istiqlol yillaridagi rivojlanish tajribasi ko'p millatli va turli madaniyatlar vakillari istiqomat qiladigan hamda ko'pkonfessiyali jamiyatda nafaqat dinlararo totuvlikka erishish mumkinligi, balki demokratik islohotlar va bag'rikenglik ruhini qaror toptirishning muhim vositasi bo'la olishini isbotlab kelayotganini e'tirof etdilar.
Bugun O'zbekistonda 2239 ta diniy tashkilotlar, jumladan, 2065 ta musulmon, 157 ta xristian, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy, 1 ta Krishnani anglash hamda 1 ta Budda ibodatxonasi va O'zbekiston Bibliya jamiyati kabi diniy tashkilotlarning o'zaro hurmat va hamkorlik asnosida faoliyat yuritib kelayotgani, davlatimiz tomonidan yuzlab masjid, cherkov, ibodatxona, ziyoratgoh va osori-atiqalar asl ko'rinishida ta'mirlanib, diniy tashkilotlar ixtiyoriga berilgani, dindorlarimiz muqaddas ziyoratlarni bajarishlari uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatib kelinayotgani, diniy ta'lim tizimi izchil rivojlanishi 
uchun qulay sharoitlar yaratilgani yuqoridagi fikrning yorqin dalillari hisoblanadi.
Mahalliy va xorijiy diniy arboblari o'z ma'ruzalarida O'zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag'rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida esa dinlar bilan hamkorlik qilish siyosati barcha fuqarolarning diniy e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'iy nazar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng ishtiroki tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida alohida to'xtalib o'tdilar. 
Diniy konfessiya rahbarlari respublikamizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini turli noto'g'ri aqidalardan saqlash, dining ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini jamiyatdagi barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga yo'naltirish borasida izchil siyosat yuritilayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin