3. Pensiya ta‟minoti holatini baholovchi ko‟rsatkichlar Mamlakatdagi demografik vaziyat va uning pensiya ta‟minotiga ta‟siri


Pensiya ta‟minoti holatini baholovchi ko‟rsatkichlar



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə5/5
tarix05.06.2023
ölçüsü21,66 Kb.
#125199
1   2   3   4   5
Pensiya ta‟minotining mohiyati va ahamiyati

3. Pensiya ta‟minoti holatini baholovchi ko‟rsatkichlar
Pensiya to‘lovlarini taqdim etish shartlari va me‘yorlarining, mamlakatdagi demografik va iqtisodiy ahvolning pensiya tizimlarining moliyaviy holatiga ta‘sirini o‘lchash va baholash maqsadida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mazkur ko‘rsatkichlar bir tomondan pensiya to‘lovlari aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalasa, boshqa tomondan pensiya tizimining moliyaviy holati haqida axborot beradi. Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, fuqarolarning pensiya ta‘minoti tizimi barqaror faoliyat yuritishi uchun pensiya ta‘minoti tizimiga sug‘urta badali to‘lovchilar sonining pensiya oluvchilarga o‘zaro nisbati 4 : 1 darajada bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Ammo, mazkur ko‘rsatkich jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida ham iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlardagi kabi tavsiya etilganidan birmuncha yomonroqdir. Bu ko‘rsatkichning holatiga umumiy holda mehnatga layoqatli aholining pensiya ta‘minotiga qamrab olinish darajasining pastligi, bu holat mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlashgan, ishsizlik darajasi ortgan, natijada pensiya tizimida qatnashuvchilar soni kamaygan holatlarda yuzaga keladi va bunday holatning uzoq muddat surunkali davom etishi pensiya tizimida inqirozlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotiga qamrov darajasi yuqori bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarda esa pensionerlar salmog‘ining yuqoriligi ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo, uchinchi holatni ham unutmaslik kerakki, pensiya tizimiga uzoq yillar davomida aholining qamrab olinmasligi, mehnatga layoqatli aholining kattagina qismi pensiya tizimidan chetda qolishi oqibatida ma‘lum davr o‘tib faqat pensiya tizimida ishtirok etib pensiyaga chiqqanlar va tizimga badal to‘lovchilar o‘rtasidagi nisbat barqaror bo‘lishi mumkin, bu holga yuqorida ko‘rib o‘tilgan qamrov koeffitsienti orqali baho beriladi.
Bosim koeffitsienti (K2) pensiya va nafaqalar oluvchilar sonining sug‘urtalangan (real sektorda ishlovchi) aholining umumiy sonidagi ulushi kabi aniqlanadi. Uning sondagi ifodasi pensiya yoki nafaqalarni olish huquqini beruvchi shartlarga, shuningdek, mehnat staji hamda aholining yosh tarkibiga (yoshga doir pensiyalar bo‘yicha) bog‘liq bo‘ladi Pensiyaning absolyut miqdori – pensiyaning pul birligida ifodalangan miqdori bo‘lib, odatda bu miqdor pensiya oluvchining yashash minimumi bilan solishtiriladi va pensionerning moddiy ahvolini belgilab beradi. Bu ko‘rsatkich pensiyaning xarid qobiliyatini ko‘rsatadi hamda pensionerning muhtojlik darajasini belgilab beradi, uning miqdoriga qarab mahalliy va markaziy boshqaruv darajasida pensionerlarga yordam berish uchun zarur resurslar hajmi aniqlanadi, yordamning miqdori va ko‘lamlari belgilanadi.
Qoplash koeffitsienti – individual sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha darajasining o‘rtacha mehnat haqi darajasiga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning iqtisodiy PENSIYA ISHI
59

ma‘nosi shundaki, pensiya miqdori xodimning oldin olib yurgan ish haqisining qancha qismini qoplay olish darajasini ifodalaydi.


Pensiya ta‘minoti tizimining tashkil etilishida, birinchi navbatda, pensionerlarning moddiy ta‘minotini etarli darajada ta‘minlay olish hisobga olinadi, ya‘ni pensionerning pensiyasi uning kundalik ehtiyojlarini qondira olishi zarur. Qoplash koeffitsienti pensionerning pensiyasi miqdorining mehnat qilgan davrida olgan ish haqining nisbati tarzida aniqlanadi. Umumiy makroiqtisodiy nuqtai nazardan mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha pensiyaning o‘rtacha oylik ish haqiga nisbati orqali aniqlanadi va 40 foizdan yuqori bo‘lishi, ijobiy holat hisoblanadi.
Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin