3-rasm. O‟zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatning asosiy yo‟nalishlari23
23 Ilmiy adabiyotlar asosida mualliflar tomonidan shakllantirildi
Bugungi kunda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda (3.3-rasm):
Bandliki qo'llab-quvvatlash orqali ijtimoiy barqarorlikka erishish;
Daromadlarni adolatli taqsimlash;
Aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish;
Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish.
―Ijtimoiy siyosat – bu aholining turmush farovonligini oshirish, uning yashashi va ishlashi uchun yetarli sharoitlarni ta‘minlaydigan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.‖24
Ijtimoiy siyosat fuqarolarning konstitutsion huquqlari asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosat va uni ro‗yobga chiqarish chora-tadbirlari umuman iqtisodiy islohotlar bilan shunchaki qo‗shib olib borilmasdan, balki ularning uzviy tarkibiy qismi bo‗lishi ham kerak. Respublika aholisini ijtimoiy himoyalash, mavjud imkoniyatlar va strategik maqsadlarni e‘tiborga olgan holda, ijtimoiy sohaga yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning yagona tizimini shakllantirishga qaratilishi lozim. Eng avvalo, bundan buyon aholini ijtimoiy himoyalash, qolaversa, umuman odamlarning farovonligini ta‘minlash borasidagi tadbirlar amalga oshiriladigan manbalar masalasini yaxshilab o‗ylab ko‗rish zarur. Ijtimoiy himoyada qatnashuvchi asosiy sub‘ektlarning mavqeini tubdan o‗zgartirish talab qilinadi. Aslini olganda, so‗nggi vaqtgacha davlat ijtimoiy muhofazaning asosiy sub‘ekti bo‗lib keldi. U daromadlarning bir qismini markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ehtiyojlar uchun qayta taqsimlar edi. Bozor munosabatlariga o‗ta borilgani, mehnatkashlarning o‗zlariga va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga ko‗proq iqtisodiy erkinliklar berila borilgani sari davlat ijtimoiy muhofazaga oid vakolatlarni muqobil tuzilmalarga topshirishi lozim.
Buning ma‘nosi shuki, pensiya ta‘minoti, talabalarga, ko‗p bolali va muhtoj oilalarga haq to‗lash tizimida ularning turmush darajasi byudjet vositasida va davlat kafolati yo‗li bilan ham, shuningdek, turli xayriya jamg‗armalari, korxonalar, tashkilotlar va xo‗jaliklarning jamg‗armalari orqali ham qo‗llab-quvvatlanishi mustahkamlab qo‗yilishi kerak. Mehnatga layoqatli aholining psixologiyasini o‗zgartirish juda muhimdir. U ijtimoiy himoyalashning passiv obyektidan, davlatning moddiy yordamidan bevosita va bilvosita foydalanuvchidan o‗z taqdirining faol sohibiga, o‗zining ijtimoiy farovonligi uchun mas‘ul bo‗lgan shaxsga aylanishi lozim. Aholining mehnat faoliyatini kuchaytirish hisobiga uning yakka tartibda o‗zini o‗zi himoya qilish vositalari to‗la ishga solinishi kerak.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat takomillashtirib borildi. Davlatimiz tomonidan ish haqi, pensiya va nafaqalar indeksatsiyalanib, kam ta‘minlangan oilalarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash tizimi yaratildi, pensiya tayinlash va to‗lash tizimida milliy o‗ziga xoslik inobatga olinib, xalqaro umuminsoniy printsip va me‘yorlarga muvofiqlashtirildi. Yaqin istiqbolda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini
ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish sohasida davlat bosh islohotchi bo‗lib, muhim qadamlar tashlanmoqda. Bunda, ya‘ni kam ta‘minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manzilli to‗g‗ri aniqlanishida davlat organlari va fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari hamkorligi yo‗lga qo‗yilgan. Yolg‗iz keksalar, nogironlar va ishga layoqatsiz fuqarolarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish dasturini amalga oshirish; kam ta‘minlangan oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun maqsadli mikrokreditlar ajratish; mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo‗lgan hududlarda ishsizlikni qisqartirish maqsadida sanoat ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni maqsadli joylashtirish; ishsiz fuqarolarni haq to‗lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishni oshirish, avvalambor, hududlarni obodonlashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish; tadbirkorlik faoliyatiga jadal jalb qilish, o‗z biznesini kengaytirishiga imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar uchun ish o‗rin-lari tashkil etish kabi muhim yo‗nalishlar ijobiy hal qilinmoqda.
Pensiya tizimi jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlarining manfaatlarini qondirish uchun mo‘ljallangan, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy institutlarni birlashtiruvchi murakkab organizmdir. Bugungi kunga kelib pensiya ta‘minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. 4-rasm. Pensiya ta‟minoti tizimining maqsadlari25
Mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining o‘ziga xos shakllanish tarixi, yaqin va uzoq tarixdagi taraqqiyot bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bugungi globallashuv sharoitida rivojlanish tendentsiyalari mavjud. Shuningdek, turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xosliklar pensiyalarni tayinlash, hisoblash va to‘lash tartiblarining turlichaligi, pensiyaga sarflanadigan mablag‘larni moliyalashtirish manbalari tarkibi va tuzilishining har xilligi, pensiya munosabatlarini davlat tomonidan
tartibga solish mexanizmlarinig amal qilishi, pensiya fondlarining moliya bozorlaridagi ishtiroki va pensiya jamg‘armalarining investitsion resurs sifatida ishlatilishida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |