9 – MASALA
Ko`rsatkichlari Iish.mak= 35000A, Ijadal = 4000 A, Tm = 5500 s bo`lgan zanjir uchun qutichasimon kesim yuzali alyuminiy shinalarini tanlang. O’tish toki o`ta qiymati 50kA va vaqt doimiyligi Ta = 1,05 s bo`lgan uch fazali q.t dagi shina materiallaridagi kuchlanishni aniqlang. Shinalarning joylashishi 3.4,b – rasmga tasvirlangan bo`lib, fazalar o’rtasida masofa 60 sm ni, tayanch izolyatorlari o`rtasidagi oraliq 100 sm ni va tiqinlar o`rtasidagi oraliq 50 sm ni tashkil etadi.
10 – MASALA
Kesim yuzasi S = 2x240 mm2 bo`lgan qutichasimon alyuminiy shinalar 3.4,a – rasmdagi ko`rinisha joylashtirilgan va butun uzunligi bo`yicha qattiq birikmaga ega. Uch fazali q.t ning zarbli toki 100 kA ni tashkil etadi. Tayanch izolyatorlari orasidagi jraliq 150 sm ga teng. Fazalar orasidagi masofa 70 sm bo`lgan hol uchun qutichasimon shinalarning shvellerlari payvandlangan joylari orasidagi ruxsat etilgan maksimal oraliqni aniqlang.
11 – MASALA
Nominal kuchlanishi Un = 6,3 kV va maksimal yuklama bilan ishlash muddati Tm = 65000 soat bo`lgan TVF – 60 -2 tipidagi genrator uchun qutichasimon profilli alyuminiy shinalarni tanlang. Berilgan generator uchun uch fazali q.t. ning o`ta o’tish va zarbli toklarini hisoblang hamda qutichasimon shinalarni elektrodinamik chidamlikka tekshiring. Shinalar joylashishi 3.4,a – rasmda tasvirlangan ko`rinishga ega va shvellerlar qattiq biriktirilmagan. Fazalar o`rtasidagi masofa 70 sm, tayanch izolyatorlari o`rtasidagi oraliq 100 sm va tiqinlar orasidagi oraliq 80 sm ga teng.
Dostları ilə paylaş: |