3-semеstr
«Qurilish materiallari va buyumlari» fanidan test topshiriqlari savollari
1. Qurilish materiallariga oid Davlat standartlari nimalarga asoslanib ishlab chiqiladi?
2. Qurilish materiallariga oid Davlat standartlarida raqamlar nimalarni ifodalaydi?
Masalan oddiy g‘ishtning standarti DAST 530-91 bo’yicha birinchi raqami nimalarni
ifodalaydi?
3. Qurilish materiallari va detallariga, sifatiga bo‘lgan talablar, ularni tanlash va
ishlatishga oid ko‘rsatmalar qaysi me’yoriy xujjatda o‘z aksini topgan?
4. Qurilish materiallariga sarf bulgan xarajatlar qurilish montaj ishlari umumiy
xarajatlarning necha foizini tashkil etadi?
5. «Qurilish me’yorlari va qoidalari» qanday xujjat?
6. YAgona modul sistemasi (YAMS) qurilishda nimani ta’minlaydi? .
7. YAgona modul sistemasi (YAMS) barcha o‘lchashlar bir bazada bo‘lib, 1M deb
belgilanadi, u necha mm ga teng?
8. Ishlatilishiga ko‘ra materialni shartli ravishda qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
9. Haqiqiy zichlik ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
10. O‘rtacha zichlikni o‘lchov birligi?
11. O‘rtacha zichlikni aniqlash formulasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
12. To‘kma zichlik qaysi qurilish materialalari uchun aniqlanadi?
13. Materialning g‘ovakligi nima?
14. G‘ishtda g‘ovaklar miqdori necha foizni tashkil etadi?
15. Suv shimuvchanlik nima?
16. Materiallarning suvga to‘yinishi ularning asosiy xossalariga qanday ta’sir qiladi?
17. Suv o‘tkazuvchanlik nima?
18. Qattiq qurilish materialari zarrachalari tuzilishi, shakli va o‘lchami bo‘yicha qanday
ko‘rinishda bo‘ladi?
19. Bug‘ o‘tkazuvchanlik nima bilan tavsiflanadi?
20. Materialni issiqlik sig‘imi koeffitsenti nima?
21. Materialni gigroskopikligi nima?
22. Materialni suvga turgunlik kursatkichi nimani ko’rsatadi?
23. Materiallarning sovuqqa chidamliligi qanday aniqlanadi?
24. Materialning mustahkamligi necha foizgacha pasaymasa, material sovuqqa chidamli
deb topiladi?
25. Materiallarning sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasidagi raqam nimani bildiradi?
26. Sopol g‘ishtning sovuqqa chidamliligi kamida necha tsiklni tashkil etishi kerak?
27. O‘tga chidamlilik nima?
28. O‘tga chidamli materiallar necha gradus haroratga bardosh bera oladi?
29. Qiyin eriydigan materiallar necha daraja haroratga bardosh bera oladi?
30. Materialni mustahkamligi nima?
31. Materialni mustahkamlik chegarasi qanday aniqladi?
32. Siqilishda
R
siq
yoki cho‘zilishda
R
cho‘z
mustahkamlik chegarasi (MPa) ni aniqlash
formulasi
33. Elastiklik nima?
34. Tog‘ jinslari hosil bo‘lishi sharoitiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linishi, qaysi
javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
35. Magmatik tog‘ jinslari qanday xosil bo‘lgan?
36. Diabaz, bazalt va vulqon kuli tog‘ jinslarini qaysi guruhiga mansub?
37. Metamorfik tog‘ jinslari qanday tuzilishga ega?
38. Marmar tog‘ jinslarini qaysi guruhiga mansub?
39. Granit tog‘ jinslarini qaysi guruhiga mansub?
40 Quruq holatdagi zichligi bo‘yicha tosh materiallar qanday guruhlarga bo‘linadi?
41. Sopol material ishlab chiqarishda qanday xom ashyolar ishlatiladi?
42. Glazurlar sopol materiallarni qaysi xossalariga ta’sir etadi?
43. Kvars qumini gilli materialga nima uchun qo‘shiladi?
44. Sopol materialni ishlab chiqarishda, qoliplash bo‘yicha necha xil usullari mavjud?
45. Plastik usulda sopol materiallarni ishlab chiqarishda xomashyoga qancha miqdorda
suv qo‘shiladi?
46. Xom g‘isht necha foiz namlikkacha quritiladi?
47. Oddiy sopol qurilish g‘ishtining o‘lchamlari?
48. Oddiy sopol qurilish g‘ishtining necha xil markalari mavjud?
49. Binolar fasadiga qoplanadigan materiallar
50. Kislotaga chidamli g‘isht o‘lchamlari?
51.
Keramzit qanday xosil bo‘ladi?
52.
SHisha tayyorlash uchun qanday asosiy xomashyolar ishlatiladi?
53.
SHishaning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi?
54.
Taxta oynalarning xillari?
55.
SHishadan yasaladigan buyumlar?
56.
Sitallar nima?
57.
SHlakositallar xomashyosi?
58.
Gips va ohaktosh necha ming yil oldin qurilishda qo‘llanilgan?
59.
Ohaktosh dissotsiyalanishi kimyoviy formulasi
60.
Ohakning qotishi jarayoni kimyoviy formulasi
61.
Ikki molekula suvli gipsning degidratatsiyalanishi formulasi?
62.
Tez qotadigan gipsning qotish muddatlari
63.
Normal quyuqlikda qorishma hosil qilish uchun gips massasi bo‘yicha qancha foiz suv
zarur bo‘ladi?
64.
Siqilishga mustahkamlik chegarasiga ko‘ra gipsning markalari?
65.
Portlandsementni qaysi yili, kim tomonidan ixtiro qilingan?
66.
Portlandsement xomashyosi
67.
Portlandsementni tutib qolish muddatlarini rostlash uchun klinker tuyilayotganda
unga qancha foiz suvli gips qo‘shiladi?
68.
Portlandsementning xaqiqiy zichligi necha g/sm
3
?
69.
Normal quyuqlikdagi sement qorishmasining tutib qolish muddatlari?
70.
Portlandsement markasi necha sutkadan so‘ng aniqlanadi?
71.
Portlandsementlar DAST ga asosan qanday markalarga bo‘linadi?
72.
Portlandsement klinkeri necha gradus haroratda kuydiriladi?
73.
Tez qotadigan portlandsement tarkibi?
74.
Gidrofob qo‘shimcha
75.
Shlakoportlandsement nima (SHPTS)?
76.
Betonning salbiy tomonlari?
77.
Betonni sifatli tayyorlash uchun qanday yirik to‘ldirgichlar ishlatilishi kerak?
78.
Beton uchun ishlatiladigan qumning sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich?
79.
Beton qorishmasi va beton xossasini yaxshilash uchun qanday kimyoviy qo‘shilmalar
ishlatiladi?
80.
Beton qorishmasining yoyiluvchanligi aniqlash uchun qanday asbob ishlatiladi?
81.
Betonning mustahkamlik darajasini oshirish uchun qanday mineral bog‘lovchi
moddalar ishlatiladi?
82.
Betonni siqilishga bo‘lgan mustahkamligi qanday aniqlanadi?
83.
Betonni qanday klasslari mavjud?
84.
Beton qorishmasining suv talabchanligi qanday aniqlanadi?
85.
Beton qorgichlar tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
86.
Beton zichlash asboblari (vibratorlar) tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
87.
Tayyor beton qorishmasini yoz quruq issiq iqlimida tashish vaqti qancha bo‘lishi
kerak?
88.
O‘zbekiston sharoitida, yozda, betonlar sifatini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar
ishlatilishi kerak?
89.
Og‘ir beton turlari?
90.
Yengil beton uchun qanday to‘ldirgichlar ishlatiladi?
91.
Temir-beton konstruksiyalarda armatura qanday axamiyatga ega?
92.
Vazifasiga ko‘ra yig‘ma temir-beton buyumlar nechta asosiy guruhga bo‘linadi?
93.
Yig‘ma temir-beton buyumlarini qotish jarayonini tezlatishda eng ko‘p ishlatiladigan
issiqlik ishlovi usuli?
94.
Yig‘ma temir-beton buyumlarini tayyorlashda qanday sxemalarni bilasiz?
95.
Stend usulida qanday temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi?
96.
Kasseta usulida qanday temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi?
97.
Agregat-potok usulida qoliplangan buyumlar qanday jixoz yordamida siljitiladi?
98.
Konveyer usulida temir-beton buyumlari ishlab chiqarishda qoliplar siljish tezligi
nimaga bog‘liq?
99.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni oldindan zo‘riqtirishdan maqsad?
100.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni mexanik usulda oldindan zo‘riqtirishda
qanday jihoz ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |