3-seminar mashg’uloti. Yer qobig’I: litosfera, gidrosfera (2 soat) Umumiy ma’lumot. Litosfera



Yüklə 68,55 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2023
ölçüsü68,55 Kb.
#89086
1   2   3   4   5   6   7   8
3-seminar

Vulqon. Vulqonlar - yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻtariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi.
Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Soʻnmagan vulqon geosignal regionlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzoq, Sharq, Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan.
O’zbekiston foydali qazilmalari. Olib borilgan ko’p yillik geologik-qidiruv ishlari natijasida respublika hududida ko‘pdan ko p mineral xomashyo turlari borligi aniqlangan va hozirda ularning ko’pchiligidan xalq xo’jaligida foydalanilmoqda. 
O’zbekistonda foydali qazilma konlarini qidirib topishda mashhur o‘zbek geologlaridan: O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari H.M.Abdullayev, I.H.Hamroboyev va boshqalar katta hissa qo’shganlar. O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalardan biri yoqilg‘i-energetika boyliklaridir. Bularga neft, gaz va ko‘mir konlari kiradi.
Neft va gaz konlari Farg’ona tog’ oralig’i botig’idagi Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho‘rsuvda birinchi marta 1880-yilda ochilgan. 1992-yilda Mingbuloq. 1993-yilda esa Ko‘kdumaloq neft konlari ochildi.
Neft va gazning katta zaxirasi Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Pachkamar, Omonota, Xovdog‘, Uchqizilda mezozoy erasi karbonat tog‘ jinslarida aniqlangan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida ham bir qator neft va gaz konlari ochilgan. Bulardan asosiylari Muborak, Oqjar, Sariqtosh, Jarqoq, Qorovulbozordir.
Bundan tashqari, gaz Ustyurt platosidagi Shoxpaxta va Kuanish nomli joylarda ochilgan. O’zbekiston hududida ko’mirning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bir nechta katta konlari mavjud. Bulardan Ohangaron qo’ng‘ir ko’mir koni, Surxon­daryo viloyatining tog’li qismida yuqori sifatli Sharg‘un toshko’mir koni joylashgan. Bu joyda Boysun ko’mir koni ham ochilgan. 
O‘zbekiston hududida bir necha rudali (temir, titan, marganes, xrom), rangli (mis, qo’rg’oshin), nodir (volfram, molibden, qalay, vismut, simob, surma), qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari Toshkent viloyatidagi Qalmoqqir, Sariqcheku hamda Dalnoyemis konlaridir. Qizilqumdagi Muruntog‘, Kakpatas va boshqa yerlarda oltinning katta zaxirasi ochilgan bo‘lib, uzoq yillardan buyon keng doirada qazib olinmoqda. Kimyoviy xomashyolardan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt Hisor tiz­masining janubi-g’arbiy tarmoqlaridagi Oqbosh, Laylimkon, Hojaikonda mavjuddir. O‘zbekiston hududi qurilish materiallariga (qum va shag’al tosh, soz tuproq, kvars qumlari, ohaktoshlar, marmar) hamda yerosti suvlariga juda boydir.
O’zbekiston hududida ko’plab marmar konlari ochilgan. Ularning ko’pchiligi yuqori sifatli va rangli marmarlar guruhiga kiradi. Qazib olinayotgan marmardan respublikamiz shaharlaridagi hashamatli binolarni, masalan, Navoiy nomli opera va balet teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, Toshkent metrosi bekatlarini va turli yodgorliklami bezashda foydalanilmoqda.
Yerosti suvlaridan shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlashda, ekinlarni sug’orishda, qisman chorva mollarini suv bilan ta’minlashda foydalanilmoqda. O’zbekisionda mavjud yerosti suvlarining katta chuqurliklardan olinayotganlari organizm uchun foydali moddalarga boy, harorati ham ancha yuqori. Ularning tarkibida turli kimyoviy elementlarning borligi va harorati yuqori bo‘lganligi sababli ular asosida bir qancha dam olish davolanish muassasalari (Chimyon, Chortoq va boshqalar) tashkil qilingan.



Yüklə 68,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin