3-sinf o'quvchilarini ta’limiy kreativ fikrlashga o'rgatish usullari reja: Kirish. I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativ fikrlashga o'rgatish metodlaridan foydalanishning nazariy asoslari


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O’QITUVCHINING ROLI



Yüklə 159 Kb.
səhifə5/6
tarix14.02.2023
ölçüsü159 Kb.
#84282
1   2   3   4   5   6
3-SINF O\'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O\'RGATISH USULLARI

2.2. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O’QITUVCHINING ROLI
Kreativlik so’zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan
qo‟llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz
kechish qobiliyatini ta‟riflagan. Kreativlik (lot. creatio – yaratish, vujudga keltirish) – bu insonning noodatiy g‟oya, fikr bera olish, muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an’anaviy shakllaridan voz kecha olishga bo’lgan qobiliyatidir. K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, holatni ifoda etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi. Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo’yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo’lib, uning o’z-o’zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq.
Kreativlik (lot., ing. ‘create ‘ – yaratish, ‘creative ‘ yaratuvchi, ijodkor) –individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning
kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo’ladi.
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni
Qo’llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4)bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi:
1) o’zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo’lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va
vositalariga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri o’qituvchi-o’quvchilar hamkorligi
ekanligiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama
xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil
topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil
etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun
javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni o’qituvchining to’liq
hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga
asos bo’la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo’ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid mexanizmgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Bizningcha, o’quv vaziyati ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi o’zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:
- o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligi;
- o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
O’qituvchi bilan o’quvchilarning hamkorligi o’qituvchining o’quvchilarga
ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o’quv harakatlariga
aylanadi. Natijada, o’qituvchi bilan o’quvchilar munosabati hamkorlik pozitsiyasiga
o’sib o’tadi. Materiallar tahlilining ko’rsatishicha, mantiqiy topshiriqlar hamkorlikda bajarilgandagina bilimlarni o’zlashtirish mahsuldor bo’ladi. Ilmiy manbalarda ta’limning shunday tashkil etilishini hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat vaziyati, deb atash qabul qilingan. Pedagogik adabiyotlar tahlili va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko’ra hamkorlikdagi mahsuldor o’quv faoliyati vaziyatini tashkil qilishning 2 asosiy tamoyilini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir:
1.Ta’limda mazmunning izchilligi tamoyili. Unga ko’ra shaxs o’z faoliyatini muayyan maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz shakllanishi
ko’zga tashlanadi.
2.O’qituvchi-o’quvchilar hamkorligining mustaqil ijodiy faoliyat bilan bog’liqligi tamoyili.
O’quv jarayonida o’quvchilar bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega.
O’quvchilarning ta’limga qay darajada ixlos qo’yishi o’qituvchining mana shu
hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bog’liq. O’qituvchi bilan o’quvchilarning o’quv faoliyatidagi muhitning to’g’ri uyushtirilishi o’quvchilarning fanga bo’lgan
qiziqishlarini oshiradi, ularni butun kuch va g’ayratini sarflashga undaydi. Bu o’zaro
muloqotning shunday bir shaklidirki, bunda o’quvchi o’zini pedagogik ta’lim obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin harakat qiluvchi shaxs deb biladi. O’qituvchiningo’rganilayotgan fan bo’yicha qaysidir bir ma‟lumotga aniqlik kiritish paytida o’quvchilarga yordam so’rayotganday murojaat qilishi hamkorlik faoliyatini yanada chuqurlashtiradi. O’quvchilarni o’rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish o’qisho’qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borishninggina sharti bo’lib qolmay, balki ularni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim shartidir. O’quvchi o’qitish va tarbiyalash jarayonining o’zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga aylanadi. Sh.A.Amonashvili ta‟lim jarayonida o’quvchi bilan hamkorlik munosabatini o’rnatish lozimligini ta‟kidlab, shunday deydi: «O’quvchining o’quv biluv faoliyati nafaqat qiziqarli o’quv materiali va uni tushuntirishning turli metodlari vositasida, balki pedagogning ta‟lim jarayonidagi muomala xarakteriga ko’ra tartibga solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud bo’lgan muhitda o’quvchi o’quv topshiriqlarini oson o’zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy izlanishlari yuqori baholanayotganini ko’rgan o’quvchi yanada murakkab bo’lgan o’quv topshiriqlarini bajarishga intila boshlaydi». O’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni
shakllantirishda samarali hisoblanadi. O‟quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o‟quvchilarni ijodiy fikr ‘laboratoriyasi’ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir.
Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
1. U o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o’rgatadi.
2. U o’quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga ko’maklashadi.
3. U odatda, ancha ta’sirchan bo’lib, chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan ko’tarinki ruh, hissini o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg’usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o’quvchilarni qiziqtiradi, o’quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.
4. Haqiqat qonuniyatining mustaqil ‘kashf etilishi’ olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan
taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.Muammo yuzasidan olib borilgan izlanishlar o’quvchilarning o’quv jarayoniga munosabati o’qituvchi va o’quvchilar o’zaro ta’sir jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, o’quv materiallarini tanlash va tashkil qilish, bilimlarni o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish usullariga, o’quv natijalariga qo’yiladigan baho tizimiga bog’liqligini ko’rsatdi. Kreativlik va o’zaro hamkorlik bir-biriga mustahkam bog’liq. Zero, faqatgina yangicha yondashuv asnosida hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda ijodkorlik o’z ifodasini topadi. Pedagogik kreativlikni faqatgina yangilikka, tajribalar o’tkazishga intilish deb tushunmaslik kerak. Bu intilish sog’lom fikrning rasmiyatchilik ustidan g’alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya, oshkoralik bo’lmagan joyda, ma‟muriyatchilik va o’qituvchining irodasi bilan dars jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna solinsa ijodiy hamkorlik barham topadi. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida o’rin tutadi. O’quvchi o’zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o’quv tajribasiga tayanib og’zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda ohar bir fanning o’zi uchun noma‟lum qirralari xususida o’qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo’ladi. U mavzu yuzasidan berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi. O’qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o’quvchilarning kreativligini o’stirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya‟ni o’quvchilarning qobiliyati , qiziqish doirasini aniqlaydi, kreativ iqtidorini chamalaydi. Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g’oyat muhimdir.
Ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.O’qituvchilar o‟quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o‟quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali O’quvchilarni o‟zgacha yondashuvli ya’ ni kreativ bo‟lishlariga erishishi mumkin.O’qituvchi o’quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, O’quvchining masala yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu o’quvchilarni o’z ustida ishlash, mustaqil O’qib o’rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo’ladi. «Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog‟liq. Biroq, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug‟atlarda munosib differentsiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O‟nlab ilmiy ishlarda kreativlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o’ziga va na unga taalluqli bo’lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to’xtam mavjud emas. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda kreativlik va ijodkorlik aynan bir
xil ma’no anglatmaydi degan fikrga keldik. Chunki, ijodkorlik deganda barchaning
ko’z o’ngiga ma’lum bir narsani ixtirosi,chizmasi va hokazolar kelishi mumkin.
Lekin biz tadqiqotimizda kreativlikni, dars jarayonida berilgan vazifaga hech
kimnikiga o’xshamas yo’l topish va uni ilmiy asoslay olish, yangicha fikrlash, uni
tadbiq eta olish qobiliyati deb oldik. Ya’ni biz tadqiqotimizda ta’lim sohasiga oid
kreativlikni ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ qobiliyatlarni
rivojlantirish metodikasini ko’rib chiqamiz. Kreativlik ijodkorlikka nisbatan kengroq tushuncha degan fikrga keldik.
XULOSA
Ma’lumotlarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1) Avvalo, har bir dars jarayoni tashkil etilishida aniqlik bo’lishi. O’qituvchi
O’quvchilarga erkinlikni albatta, me’yorida ta’minlab berishi lozim;
2) boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu -bolalarning
maktabga tayyorgarlik darajasi, ijtimoiy tajribasi, psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligidadir. Shunga ko‟ra boshlang’ich ta’lim o’quv fanlari dasturlaridagi
topshiriqlarda o’quvchilarda bilim, ko‟nikma va malakalarni shakllantirishga e’tibor berilgan bo’lsa-da, ammo o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish nuqtainazaridan ularni takomillashtirish zarur. Ya’ni o’qituvchilar ma’suliyatli va e’tiborli bo’lish zarur. Shuningdek, o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag‟batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Hato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan cho‟chish, haddan tashqari baholarga e’tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo‟rqish hissi mavjud o‟quvhilarda kreativlik odatgaaylanmaydi.
3) Muayyan omillar o’quvchilarda kreativlik sifatlari, malakalarining rivojlantirishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o’qituvchilar
ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari kerak.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi:
- O’z-o’zini tavakkaldan olib qochish;
- Fikrlash va xatti-harakatlarda qo’polllikkka yo’l qo’yish;
- Shaxs fantaziyasi va tasvvurining yuqori baholanmasligi;
- Boshqalarga tobe bo‟lish;
- Har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
- Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari quyidagilardan iboratdir:
1. Bolalarning savollariga chidam bilan to’g’ri javob bering.
2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.
3. Bolalarga o’z ishlari bilan shug’ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.
4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog’liq bo’lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.
5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko’rishingizni va ularni qanday bo’lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.
6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.
7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko’maklashing.
8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.
9. Kamchiliklarini ko’rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.
10. Bolani kamsitmang va o’zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo’l qo’ymang.
11. Uni mustaqil fikrlashga o’rgating.
12. Bolani sevimli mashg’ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilanqurollantiring.
13. Uni turli voqealarni o’ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.
14. Bolani yoshlikdan o’qib-o’rganishga odatlantiring.
15. Doimo bolaning ehtiyojlariga e’tibor qarating.
16. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.
17. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.
18. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.
19. Bolani har bir yutug’i uchun maqtang.
20. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo’ling.
21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o’rgatib boring.
22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o’ylab
toping.
23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o’ynashni taqiqlamang – bu uning tasavvurini boyitadi.
24. Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag’batlantiring.
25. Bolaga nisbatan o’z munosabatingizni baholashda odil bo’ling.
26. U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang.
27. Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo’lish
imkonini bering.
28. Bolaga uning shaxs bo’lib shakllanishi uchun yordam bering.
29. Bolaga uning uchun foydali bo’lgan teleko’rsatuvlarni tomosha qilishi va radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko’maklashing.
30. Uni o’z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring.
31. Bolani kattalardan mustaqil bo’lishga o’rgatib boring.
-32. Bolaga ‘Men ham buni bilmayman’ deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga bee’tibor bo’lishga o’rgatmang.
33. Bolaga, garchi u ishning ijobiy natijaga ega bo’lishiga ishonmasa-da, boshlangan ishni oxiriga etkazishi uchun imkoniyat yarating.



Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin