3-sinf o'quvchilarini ta’limiy kreativ fikrlashga o'rgatish usullari reja: Kirish. I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativ fikrlashga o'rgatish metodlaridan foydalanishning nazariy asoslari



Yüklə 159 Kb.
səhifə2/6
tarix14.02.2023
ölçüsü159 Kb.
#84282
1   2   3   4   5   6
3-SINF O\'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O\'RGATISH USULLARI

Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kreativ fikrlashga o’rgatish metodlaridan foydalanishni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
Ushbu kurs ishida o’quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, dars jarayonida berilgan vazifaga hechkimnikiga o’xshamas yo’l topish va uni ilmiy asoslay olish, yangicha fikrlash, uni tadbiq eta olish qobiliyati deb oldik. Ya’ni biz tadqiqotimizda ta’lim sohasiga oid kreativlikni ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ qobiliyatlarnirivojlantirish metodikasini ko’rib chiqamiz. Kreativlik ijodkorlikka nisbatan kengroq tushuncha degan fikrga keldik.3-sinfda otlarning birlik va ko`plikda qo`llanilishi ustida ishlash jarayonida interfaol metodlardan foydalanishni shakllantirish ularning asosiy vazifalaridir.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim Boshlang`ich sinf o`quvchilarining diktant yozishdagi bilimlarini tekshirish usullarini yaratish, o`quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa ,foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan ro`yxatidan iborat.


    1. Kreativ fikrlash haqida umumiy ma’lumot

Kreativlik lotincha so’z bo’lib, ijod yoki yo’q narsadan yaratish kabi ma’nolarni anglatadi. Kreativlik –shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni, yangi g’oyalarni aks ettirishi kerak.Kreativlik tushunchasi o’zida xilma-xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jihati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi. Ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir.Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllanadi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, malaka vako’nikmalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish yoshlarga bilim berish. Ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni dars jarayonida innovatsiyalarning turli shakllaridan tatbiq etmasdan turib amaiga oshirish mumkin emas. Innovatsion ta’lim ta’limda , birinchi navbatda, ijodiy qobilyatlar, o’z-o’zini rivojlantirish va kreativ fikrlash ehg muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda, ularning kreativ fikrlash motivatsiyalarini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan to’g’ri va o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jihati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik fikrlash qobilyati va ijodkorlik xususiyati uning ta’lim jarayonidagi muloqotida,tafakkurida, his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash , ehg avvalo ,muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlashdir. Darhaqiqat, har tomonlama fikrlash o’quvchilardan berilgan turli topshiriq, masala va vazifalarni bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Ya’ni topshiriqni bajarish , masalani yechishda o’quvchi yechimning bir necha variantlarini izlaydi, so’ngra ular orasidan eng maqbul birgina to’g’ri yechimga to’xtaladi. O’qituvchining ham dars jarayoniga kreativ yondashuvi o’quvchilarning darsda berilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari, qo’llay olishlari uchun muhim omil sanaladi. O’qituvchining kreativligi darsda ikki holatni kafolatlaydi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni , darsda ―bir xillikdan zerikkan o’quvchilar e’tiborini dars jarayoniga jab etish va qiziqtirish-O’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni aniqlash va rivojlantirish, rag’batlantirish uchun imkoniyat yaratadi.Xulosa qilib aytganda, har bir kreator va ijodkor boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z o’quvchilarining kreativ fikrlash qobilyatlarini o’z vaqtida aniqlashi va doimo rivojlantirib borishi shart va zarur.Hozirgi kundagi muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning asosiy maqsadi ham o’quvchi va yoshlarning o’ziga xos kreativ qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishga va ularning bo’sh vaqtini mazmunli, samarali tashkil etishga qaratilgan. Ozod va obod Vatanimizning ertangi kelajagi bugungi o’quvchi yoshlarning qo’lida ekan, buni biz o’qituvchi pedagoglar doimo yodda tutishimiz va o’z kasbimizga sidqidildan yondashishimiz kerak.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mеxanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamеntal ehtiyojlariga tayanadi. Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.
So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti.
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
- o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
- o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
- o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy
tushunchalar tizimini yaratadi;
- o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
- o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. 3-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi. O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf mashg‘ulotlarini integratsiyalash jarayonida didaktik o‘yin texnologiyasidan foydalanish yuqori samara berishi aniq. Ta’lim –tarbiya jarayonini integratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim va tahsil olishga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayoninig
yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin