“Muammoli vaziyat” metodi
Mazkur metod ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil
qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim
oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini
topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks
holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning
qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.
“Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar
mustaqil fikr yuritishni,
muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.
Muammoli vaziyat metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.
Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni
aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni
topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan
tanishtiradi.
3.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4.
Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar.
Muammoning kelib
chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng
bir xil fikrlar jamlanadi.
5.
Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-
mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6.
Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar,
ularni tahlil
qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7.
Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z
variantlarini taklif etadilar.
8.
Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan
birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
Namunaviy: “Muammoli vaziyat”
Xaydarali ota o‘z tomorqasida 20 tup bodiring yetishtirdi.
Bodringlar o‘sib – rivojlanib, gulladi. Ota qiziqishi tufayli bodring
gullarini sanadi, ular 100 ta gul ekanligini aniqladi. Ota hosilni
o‘zicha hisoblab chiqdi. Lekin hosil yetilganda jami 30 ta bodring
oldi. Ota buning sababini tushunmay, sizdan maslahat so‘raganda
siz bu holatni qanday izohlagan bo‘lardingiz?
Eslatma: O‘qituvchi o‘quvchilarga muammoning
kelib chiqish sabablariga
e’tiborli bo‘lish, ya’ni bodringni morfologik, anotomik, fiziologik, agronomik va boshqa
xususiyatlari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalariga tayanishlari
kerakligi orqali
o‘quvchilarni yo‘naltiruvchi, yodga soluvchi va ma’lumot beruvchi savollar orqali
masalani hal etishga yo‘llaydi.