Diloyat Obidova Aminovna



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#186801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1675190446 Diloyat Obidova Aminovna.Metodik tavsiyam.2



Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani XTB 
tasarrufidagi 12-umum ta`lim maktabi ona tili va 
adabiyoti fani o`qituvchisi Diloyat Obidovaning
Esse yozish qoidalari haqida metodik tavsiyasi
 
 
 


Diloyat Obidova Aminovna
Farg`ona tumani XTB tassarufidagi
12- sonli umumta`lim makatbi
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Esse yozish qoidalari haqida metodik tavsiya
1.
Esse haqida tushunchalar
2.
Esse bilan inshoning farqli tomonlari 
3.
O`quvchilarda esse yozish ko`nikmalarini shakllantirish
4.Esse yozish orqali o`quvchilarning shaxsiy munosabat bildirish , tanqidiy fikrlash 
salohiyatini yuksaltirish , Xalqaro sertifikatalarni qo`lga kirita olishga tayyorlash 
5.Esse yozishdagi amaliy tavsiyalar va natija
Aslini olganda bizning ona tili va adabiyot o`qitish tizimimizda matn tuzish ,diktant, 
bayon va insho yozish kabi nazorat ishlari shu yillargacha o`tkazilib kelinardi.
Zamon bilan hamhafas yashash , ta`lim sohasida , fan doirasida jahonning ilgo`r 
tajribalarini bizning tizimga joriy etish , shu yo`l bilan sifatli ta`lim jarayonlaridan 
andoza olish va yuksak natijalarga erishish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shuning 
uchun ham ta`lim tizimimizga kirib kelgan esse yozish ham jahon ta`lim tizimida 
o`zining oqlagan ish turi sifatida bizning ta`limga kirib keldi. Va bugungi kunda bu 
ijodiy ishdan samarali foydalanish yangi darsliklardan keng o`rin oldi. Yangi 
darsliklardagi mavzular, albatta , o`quvchining esse yozish ko`nikmasini 
rivojlantirishga qaratilgan.




Esse haqida tushunchalar
Shu o`rinda essening talab va qoidalariga to`xtalib o`tish joiz . 
Esse - o'quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida 
yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o'zgachaligi mavzuda 
ko'tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o'rinli keltirish orqali o'z munosabatini 
bildirish. 
Shu o`rinda esse bilan inshoni taqqoslash o`rinli , bu esa esse haqidagi 
ko`nikmalarning kengayishiga , esseni yanada yaxshi tushuna olishga yordam beradi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin