1.Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. Din globallashuvining mezonlari.
3.Globallashuvning a’nanaviy dinga ta’siri. Islom dinida globallashuvning talqini.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur.Bu haqida Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar”.
Diniy madaniyat – inson ruhiyatining ozig‘idir. Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida turli dinlarga e’tiqod qilib kelgan. Ilohiy kuchlar orqali tabiatdan ko‘mak so‘ragan. Jahonda eng ko‘p tarqalgan dinlar uchta: buddaviylik,xristianlik, islom.
2005-yildan boshlab Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) qarashli Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) har yili tashkilotga a’zo Osiyo, Afrika va arab mamlakatlari shaharlarini «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qiladi.
Dinning madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi shunda ko‘rinadiki, oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari – yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozir ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniyat qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
O‘ZBEKISTONDAGI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining asosiy maqsadi – islom dini bilan bog‘liq boy va noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bilan xalqimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi,islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish; • markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish