Ozbekiston milliy innovatsion tizimi Reja



Yüklə 24,2 Kb.
səhifə1/3
tarix12.11.2022
ölçüsü24,2 Kb.
#68689
  1   2   3
Ozbekiston milliy innovatsion tizimi


Ozbekiston milliy innovatsion tizimi
Reja:

  1. Fan texnika rivojiga yo’nalishlar

  2. O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi

  3. Zamonaviy innovatsion muhit



  1. Fan texnika rivojiga yo’nalishlar

Mamlakatimizda 2012-2020-yillar uchun fan va texnologiyalarni rivojlantirishning 8ta ustuvor yo’nalishlari tasdiqlandi: innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish; energetika va energiyaxomashyosini tejash; qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanishni rivojlantirish; axborotlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish; qishloq xo’jaligi,biotexnologiya, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; tibbiyot va farmakologiyadagi tadqiqotlar; kimyotexnologiyalari va nanotexnologiyalar; er to’g’risidagi fanlar (geologiya, geografiya, seysmologiya). Ilmiy-tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning tanlov asosidagi grant tizimi joriy etildi. 2016yilda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 1978ta fundamental,amaliy va innovatsion ishlanmalar loyihalari bajarilmoqda. Mamlakatda ilmiy-tadqiqotlar bilan shug’ullanuvchi 400 ta muassasa ro’yxatga olingan bo’lib, ularda 35,5 ming olim-tadqiqotchi va mutaxassislar mehnat qilmoqda.Ulardan 2,5 ming nafari fan doktori va 9,2 ming nafari fan nomzodi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012yil 126 24iyuldagi PF 4456-sonli ―Oliy malakali ilmiy va ilmiypedogog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida‖gi farmoni bilan oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘limning jahon standartlariga mos keluvchi bir bosqichli tizimi joriy etildi.SHu asosda respublikamizda innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalari tashkil etilmoqda ko’rishimiz mumkinki, 2008yilda tashkil etilgan birinchi yarmarkada 605 ta ishlanma namoyishlar etilgan. Lekin shartnomalar 202 ta ya‘ni kam tuzilgan, bunga sabab hali mamlakatimizda innovatsiyalar kirib kelmaganligi hamda ishlab chiqarish bilan ilmfanning o’zaro integratsiyabo’lmaganligidadir. 2017yilga tahlil qilsak 404ta ishlar namoyish etilgan bo’lib, shundan 459 ta shartnoma imzolangan.Umumiy so’mmasi 34631,7 mln. so’mni tashkil etgan. 2016yilga nisbatan solishtirsak 476 ta ishlanma namoyish etilgan bo’lib 1,17 barobarga ortgan. Shartnomalar esa 944 ta bo’lib, 2,05 martaga o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Lekin ularning so’mmasi 2017yilga nisbatan 11,3 % ga kamaygan. 2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlarini ishtirok etgan ilmiy xodimlar dinamikasidan quyidagilarni ko’rishimiz mumkin. Tibbiyot sohasida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy tibbiyotga yurak kasalliklari, yuqumli kasalliklar, nafas olish organlari va o’pka kasalliklarini tashhislash va davolashning yuzdan ortiq yangi usullari joriy etildi. Sil, virusli gepatit va ichak infeksiyalarini davolash, tashhislash, oldini olishning yangi usullari ishlab chiqildi. 2017yilda davlat ilmiy-texnik dasturlarida jami 16022 nafar olim va mutaxassis, jumladan, 47 nafar akademiklar, 1863 nafar fan doktorlari, 6337 nafar fan nomzodlari, 7822 nafar ilmiy darajasi yo’q xodimlar faoliyat olib borgan. 2017 yilda 2016yilga nisbatan davlat ilmiy-texnik dasturlarida fan doktorlari 17 foizga, fan nomzodlari 22.8% foizga, ilmiy darajasi yo’q xodimlar 18,3% ga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. 2017 yilga kelib davlat ilmiy-texnik dasturlarida ishtirokchilar soni o’tgan yillarga biroz pasayganligini ko’rish mumkin. Bunga sabab, 2017yilda 2016 yilga nisbatan mablag’ kam ajratilganligi va loyihalarning hozirda dolzarbligi bo’yicha soni emas sifatiga zarurligiga qarab mablag’ ajratilganligi bilan izohlashimiz mumkin bo’ladi. 2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnika dasturlarida ishtirokchilarning vazirlik va idoralar bo’yicha taqsimlanishi keltirilgan. Agar tahlil qiladigan bo’lsak 2015yilda ishtirokchilar soni 19835ni tashkil etgan, shulardan 7359 ta ishtirokchi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi ta‘lim muassasalariga to’g’ri kelgan. 2016yilda esa ishtirokchilar soni 20013 tani tashkil etib 2015yilga nisbatan 0.9% ga o’sgan bo’lib eng ko’p 7520 ta ishtirokchilar Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi muassasalardir. Eng kam ishtirokchi Xalq ta‘limi vazirligiga huzurlaridagi korxonalardan bo’lib 2015yilda 105 tani 2016yilda 130 tani 2017yilda esa 125 tani tashkil etgan. 2017yilga kelib ishtirokchilar soni 2015yilga nisbatan 19,2% ga kamaydi. 2017-yil yakuni bo’yicha ilmiy-tadqiqot 103 patent va dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olingan. 1653 ta ilmiy muassasa (shundan 462 tasi xorijda), 83 ta monografiya (shundan 7tasi xorijda) ilmiy anjumanlar to’plamlarida 1948 ta tezislar (shundan 669 tasi xorijda) chop etilgan. Bundan tashqari 284 ta ishlanma amaliyotga joriy etilgan. ―Web of Science‖‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasiga milliy obuna bo’lishni ta‘minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017yil 17 iyundagi 642-F-son farmoyishi ijrosini ta‘minlash bo’yicha ―Web of Science‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasidan foydalanishni tashkillashtirish to’g’risida o’tkaziladigan o’quvlar va seminarlar rejasi ishlab chiqildi. ―Web of Science‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasidan foydalanishni tashkillashtirish bo’yicha 2017yilda o’tkaziladigan o’quv seminarlari yuqori saviyada o’tkazilishini tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tarkibi tuzildi. ―Web of Science‖xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasini keng jamoatchilikka tanishtirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xususan, 12 ta teledastur, 19 ta radioeshittirishlar, 9 ta gazeta maqolalari va 24 ta internet nashrlari chiqarildi.

Yüklə 24,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin