Esse erkin kompozitsiya asosida yoziladi. Yaxshi esseni mavzuni yaxshi
tushungan, uni har tomonlama idrok eta olgan, o'z g'oyalari bilan o'quvchini
o'ylanishga majbur eta oladigan odamgina yoza oladi.
Esse yozishda insho qolipdagi so'zlardan foydalanish, so'zlarni qisqartirish, yuzaki
xulosa chiqarishdan xoli bo'lish kerak. Esse tili salmoqlilikni talab qiladi. Bunda esse
mavzusini oydinlashtirish, hajmini va maqsadni aniq belgilab olish muhimdir.
Esseda umumlashma va badiiy to`qima fikrlar bo`lmaydi. Unda adabiy til
uslublaridan to'g'ri va o'rinli foydalaniladi
.
Esse ixcham hajmli bo'lgani bois, fikr-mulohaza bildirishda batafsil ma`lumot
berilmaydi, keltirilgan ma'lumotni to`liq ifodalanishi shart emas, bir aytilgan fikrni
yana qayta takrorlanmaydi. Uzundan uzoq, aralash turdagi qo'shma gaplar o'rniga
qisqa va ixcham ifoda usulini qo'llagan ma'qul.
Esse xatboshilarga to'g'ri ajratilishi kerak. Esseni yozib bo'lgach, uni qayta o'qib
chiqish tavsiya etiladi.
Manbalardan olingan aniq va ma'lumotlar o'z o'rnida qo'llanilishi kerak. Aks holda,
essening badiiyligi va ta'sirchanligiga putur yetadi.
Esse haqidagi tavsiyalarini ixcham holatda tushuntirilsa, berilayotgan esse mavzusini
yaxshilab tushunib olish lozim. Va mavzuga oid fikrlar jamlanishi, esseda qanday
mavzu yoki qanday muammoli vaziyat so`ralamoqda , ana shunga e`tibor qaratish
muhim.
Dostları ilə paylaş: