Diloyat Obidova Aminovna



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#186801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1675190446 Diloyat Obidova Aminovna.Metodik tavsiyam.2

 
 
 
 




Essening tuzilishi 3 qismdan iborat. 
 
 
 
 
 
 

1. Kirish
 
 
Kirish - mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog'lab yorita olish
. Bu 
bosqichda berilgan mavzuni ifodalash uchun savolni to'g'ri qo'yish muhim. 
Chunonchi, bu o'rinda esse yozuvchi «Kirish qismida ushbu mavzuga ma'lumot 
berish kerakmi?», Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?», «Men esse 
yozish davomida o'z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?», 
«Men kalit so'zdan kelib chiqqan holda tezis qo'ya olamanmi? kabi savollarni o'z 
oldiga qo'yishi va shuning atrofida fikr yuritgani ma'qul. 
Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo'lishi va har bir 
xatboshida ikki- uch gap ifodalanishi mumkin
. O'quvchini qiziqtirish, uning 
e'tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. 
Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so'roq kabilardan foydalanish 
o'rinlidir. Kirish qismida o'quvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali 
uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun 
muhim ekanligi yoritiladi.
Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo'yiladi. Tezisdan 
keyin asosiy qismga bog'lovchi gap yoziladi. Agar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap 
yozilmasligi ham mumkin. Tezis qo'yish essening eng muhim shartlaridan biridir.
Tezis-essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin.
Tezis - muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda 
isbotlanadigan fikri yo'naltiruvchi g'oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida 
yoziladi. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin