O`quvchilarda esse yozish ko`nikmalarini shaklantirish
Zamon bilan hamhafas yashash , ta`lim sohasida , fan doirasida jahonning ilgo`r
tajribalarini
bizning tizimga joriy etish , shu yo`l bilan sifatli ta`lim jarayonlaridan
andoza olish va yuksak natijalarga erishish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shuning
uchun ham ta`lim tizimimizga kirib kelgan esse yozishdek ijodiy ish ham jahon ta`lim
tizimida o`zining oqlagan ijodiy ish turi sifatida bizning ta`limga kirib keldi. Va
bugungi kunda bu ijodiy ishdan samarali foydalanish yangi darsliklardan keng o`rin
oldi. Yangi darsliklardagi mavzular, albatta , o`quvchining esse yozish ko`nikmasini
rivojlantirishga qaratilgan.
Nima uchun esse yozishni joriy etilganiligi haqida o`ylab ko`riladigan bo`lsa ,
esseda o`quvchi o`z shaxsiy fikr – mulohazasini , munosabatini , tahliliy va tanqidiy
fikrlarini ifodalay olishiga e`tibor qaratilgan . Esse yozish qonun –qoidalari quyi
sinflardan o`quvchilarga tushuntirib
borilsa , o`rgatilsa , ko`nikma va malaka hosil
qilinsa , esse yozish har bir o`quvchining qo`lidan kela olishi mumkin.
Ko`chirmakashlik kabi xunuk odatlar yuzaga kelmasligi ham oldi olinadi. Esse
yozish jarayonida har bir o`quvchining mustaqil fikri , esseda qalamga olingan
voqelikka munosabat bildira olishi ahamiyatli ekanligi tushuntirib boriladi. Shu
o`rinda esse ijodiy ishining talab va qoidalariga to`xtalib, ularga bu borada mavjud
qoidalarni o`rgatib amaliy bilimlarini rivojlantirish shart.
Esse - o'quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida
yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o'zgachaligi mavzuda
ko'tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o'rinli keltirish orqali o'z munosabatini
bildirish.
Dostları ilə paylaş: