Diloyat Obidova Aminovna



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#186801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1675190446 Diloyat Obidova Aminovna.Metodik tavsiyam.2

 
 
 

 
2. Asosiy qism 
Asosiy bo'lim - mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi 
bo`lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog'liq 
dalil va faktlar jamlangan bo'lib, unda 
dalillar, xabarlar, turli statistik 
ma'lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi,
ko'tarilgan muammoning kelib 
chiqish sabablari oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechadi. 
Shu sababli, asosiy bo'limni bir necha kichik qismlarga bo'lish mumkin. Har bir 
qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko'maklashadi, 
O'quvchining keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o'z qarashlarini tahlil orqali 
ko'rsatib borishi asosiy bo'limning to'liq yoritilishiga imkon beradi. Qismlarga 
to'g'ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi 
mantiqiylikni ta'minlaydi.
Dalillar - o'quvchi tomonidan aytilgan fikri isbotlash uchun 
keltiriladigan ko'chirma (maqol, iqtibos, hikmatli so'z, rivoyat, she'riy 
parchalar va hk.). Qo'yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi 
kerak.
 
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma'lumotlarni keltirish jarayonida 
qo'yilayotgan masalaga o'quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning 
bilan birga, 
menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, 
demak, biroq, unday bo'lsa
kabi kirish so'zlardan foydalanish o'rinli bo'ladi. 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
3 .Xulosa 
Mavzu bo'yicha chiqariladigan yakuniy fikr bo'lib, unda yangi fikr 
mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda hukm chiqarilib, uni 
yechish yo'llari ko'rsatiladi. 
Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi 
tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya'ni “ Esse boshida ko'tarilgan 
masala bo'yicha nima deyish mumkin?”degan savolga aniq va tushunarli javob 
tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so'zlardan foydalaniladi: 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin