`
498
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MURAKKAB MASALALAR YECHISH ORQALI O’QUVCHILARNING
MATEMATIK FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Saidvaliyev Mirjalol Qodirjon o‘g‘li
Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7204497
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarga
o‘rgatiladigan matematik tushunchalar tizimining mazmun-mohiyati hamda
o‘quvchilarning matematik tushuncha va tafakkurini rivojlantirishda murakkab
masalalarning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: matematika, matematik bilimlar, matematik tushuncha vatafakkur,
matematik
masalalar, murakkab masala, masalani yechish.
ABSTRACT
This article discusses the content of the system of mathematical concepts taught
to students in elementary mathematics lessons and the role and importance of
complex issues in the development of students' mathematical understanding and
thinking.
Keywords:
mathematics,
mathematical
knowledge,
mathematical
understanding and thinking,
mathematical problems, complex problem,
problemsolving.
Bugun zamon tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan bir sharoitda, har bir sohada
olib borilayotgan ishlar ham, ularning ko‘lami ham o‘smoqda.
Ayniqsa hozirgi
asrimiz axborot – kommunikatsiya, zamonaviy texnika va texnalogiyalar asridir.
Biz bilamizki, har qanday rivojlanish asosida aniq hisob-kitoblar yotadi. Bu esa o‘z
navbatida matematika fani va uni o‘rganishga, rivojlantirishga, uning
yutuqlaridan samarali foydalanishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.
Ushbu
talablardan kelib chiqqan holda butun dunyoda, jumladan,yurtimizda
ham bu
sohaga bo‘lgan e’tibor kundan kunga kuchaymoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
,,Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi‟. Haqiqatdan
ham ushbu jumlalar zamirida keng ma’no-mazmun yotibdi.
Matematika fanining “fanlar ichra shoh”, “aniq fanlarning asosi” deb
ta’riflanishlari ham bejiz emas, albatta. Bu
fan insonni har tomonlama
yuksaltiradi. Shuning uchun ham shaxs rivojlanish jarayonida matematik
tafakkur va tushunchalarni shakllantirish maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
tizimidanoq boshlanib, asosiy poydevor yaratiladi. Matematikani o‘qitish
davomida biz kabi pedagoglar uning har bir tarkibiy qismi(elementlari)ni