«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya ataymiz. Bunda o‘quvchilar uchun rasmlar, sxemalar va jadvallardan foydalani-
shimiz mumkin. Bu kabi murakkab masalalarning yechimini topishning asosiy
usullaridan biri bu masalaning qisqa shartini to‘g‘ri va to‘liq tuzib olishdir. Demak,
bizga ma‟lum 3 xil guldasta, noma’lum ulardagi jami gullar soni. Yana bizda 1 ta
guldastada 5 ta gul borligi, 2 ta guldastada 3 tadan ekanligi. Biz birinchi qiladigan
ishimiz 2 ta guldastada 3 tadan gul bulsa jami ikkalasida nechta bo‘lishini
topishdir. Buning uchun guldasta sonini gullar soniga ko‘paytiramiz: 2*3=6
Demak birinchi guldastada 5 ta gul bor endi unga ikkinchi va uchinchi
guldastalardagi 6 ta gulni qo‘shamiz. Shunda Anoradagi jami gullar soni kelib
chiqadi. 5+6=11 Bundan tashqari uni sxemalarda tasvirlab tushuntirsak
o’quvchilar uchun ushbu masala qiyinchilik tug‘dirmaydi.
1-guldastada–5ta
2-guldastada-3ta
3-guldastada-3ta
Endi jamini osongina qo‘shib olamiz. Bu kabi yechish usullarini har bir
o‘quvchiga birdek yetkazib berishimiz kerak.
c) ikki ko‘paytma (bo‘linma)ning yig‘indisi (ayirmasi)ni topishga doir masalalar.
Bu turdagi masalalarni yechishga o‘rgatish yuqorida ko‘rib o‘tilgan masalalarni
chuqur o‘zlashtirgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Har qanday masala yechishning asosini masalaning qisqa shartini to‘g‘ri
tuzish, masalaning asosiy savolini to‘g‘ri tushunish, asosiy va qo‘shimcha
ma’lumotlarni farqlay olish va uning amaliy hayotdagi o‘rnini aniq ko‘rsatib
berish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Ushbu turdagi masalalarni yechishda
esa, asosan, biz o‘quvchilarga ifodalar tuzish orqali javob topish usullarini
o‘rgatishimiz lozim. Ifodalar bunday hollarda masalani yechimi qiyin bo‘lmagan
misollar ko‘rinishiga olib kelinadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarda o‘zlariga
ishonch hissini oshiradi, ularning murakkab masala tushunchasiga nisbatan
munosabatini yaxshilaydi.
Masalan: Bolalar bog‘ qilish uchun har birida 4 tadan olma ko‘chati bo‘lgan 8
qator va yana har birida 6 tadan 3 qator o‘rik daraxti ko‘chatlarini ekishdi. Bolalar
bog‘ qilish uchun jami nechta ko‘chat ekishgan? Ifoda tuzish orqali quyidagi
ko‘rinishga keltiramiz:
1)4*8+6*3=32+18=50
2)(4*8)+(6*3)=32+18=50
Birinchi ko‘rinishda biz hammasini ko‘chatlar deb umumiy oldik. Ikkinchi
ko‘rinishda esa har bir ko‘chatni alohida turiga ko‘ra ajratdik. Bizdan o‘quvchini
har ikkala holatda ham muqobil yechimga yo‘naltirish talab etiladi.