Matematik fikrlashini rivojlantirish


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 486 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü486 Kb.
#113736
1   2   3   4   5
ZDIT24127

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
yoshlarimizga to‘g‘ri va chuqur singdirishimiz lozim. Shu o‘rinda 
Prezidentimizning quyidagi fikrlari yodga tushadi: “Bugungi kunda 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning 
eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”. 
Ushbu fikrlar kishi yelkasiga katta bir mas’uliyat hamda o‘ziga xos bir ishonch 
hissini ham yuklaydi, albatta. Xususan, boshlang‘ich sinf matematika kursi haqida 
gapirilganda o‘quvchilarda bir qator matematik tushuncha va terminlar orqali 
ularning fan yuzasidan egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning 
egallanilishi ko‘zda tutiladi. Masalan, to‘plam, son, raqam,geometrik shakllar, 
fazoviy shakllar, ulush, kasr, arifmetik amallar(qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, 
bo‘lish), tenglama, tengsizlik, sonli ifoda, harfli ifoda,masala (sodda, murakkab, 
matematik, mantiqiy, kombinatorik)lar kabi bir qator tushunchalarni aytishimiz 
mumkin. Shu o‘rinda biz ushbu maqolamizda matematik masalalar tushunchasiga 
alohida e’tibor qaratishni lozim deb topdik.
Xo‘sh, dastlab matematik masala tusunchasiga ta’rif beradigan 
bo‘lsak, Matematik masala – javobi arifmetik amallarbu matematik hisob-
kitoblarni oddiy raqamlar ko‘rinishida emas balki so‘zlar, sxemalar, suratlar, 
jadvallar, turli chizmalar yordamida ifodalash orqali uning mazmuni bilan 
yetkazib berishdir. Biz bu jarayonni yoshlarimizga fanga tayyorgarlik davridanoq 
ishlatishimizdan maqsadbolalarga real hayotda yuz berayotgan holatlarni 
matematik simvollar tiliga o‘tkazish imkonini berishdan iboratdir. 
Boshlang‘ich sinfdanoq biz bolalarga matematika fanidan saboq berar ekanmiz, 
matematik masalalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirib boramiz. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bugungi kunga kelib quyidagi 3 xil turdagi 
masalalar o‘rgatilmoqda:
- birinchisi, sodda masalalar- bunday masalalar qisqa hajmli, bir amal bajarish 
bilan yechiladigan, o‘quvchilar uchun tushunarli masalalardir. 
- ikkinchisi, murakkab masalalar-yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq 
amallarni bajarishni talab qilinadigan masalalardir. 
- uchinchisi, mantiqiy masalalar -o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini o‘stiradigan, 
ularni mantiqiy mulohazalar chiqarishga davat etadigan masalalardir. 
Biz bugun kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matematik tushuncha va 
tafakkurini rivojlantirishda murakkab masalalarning o‘rni va ahamiyati xususida 
to‘xtalamiz. Murakkab masalalarni yechish boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun 
biroz o‘rganilishi qiyin bo‘lgan mavzular qatoriga kiradi. Chunki yosh 
o‘quchilarning sodda masalalardan murakkab masalalarga o‘tish jarayoni 
ularning fikrlash qobiliyatlaridan kelib chiqadi. Aksariyat bolalar bu masalalarni 
oson qabul qilsa, ko‘pchilik o‘quvchilar qiyinchilik sezadilar. Murakkab masalalar 



500 

Yüklə 486 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin