3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi


Matematika darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar yechish ning psixologik xususiyatlari



Yüklə 65,3 Kb.
səhifə7/9
tarix18.02.2022
ölçüsü65,3 Kb.
#52802
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xulosa 22 kirish mavzuning dolzarbligi

Matematika darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar yechish ning psixologik xususiyatlari.

Mavjud dastur bo'yicha vaqt miqdori va uning o'lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.

O'quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.

Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo'yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan, o'qituvchi bolalarga ikki bo'lak lentani ixtiyoriy uzunlikdagi ikkita qog'oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo'yish yo'li bilan taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so'zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. «Uzunliklari bo'yicha teng», «Uzunliklari bo'yicha teng emas» so'zlarining mazmunlari «bir xil», «uzunroq», «qisqaroq» kabi tushunarliroq so'zlar orqali aniqlanadi.

Sonlardan tashqari o'quvchilar barcha matematik bilimlar va turli matematik o'lchov birliklari 'geometrik shakillar vaqt birliklari umumiy matimatik tushunchalar haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Shularni barchasini bolaga boshlang'ch talimdan bilimlarni puxta anglatmoq lozim. Yuqorida aytilgan matematik tushunchalar barchasi kundalik turmushimizda qo'laniladi va bu fan hayotda juda ko'p narsalar bilan bog”liqligini ko'rsatadi. Masalan:Har bir bola o'zining bir kunlik ish tartibini vaqt asosida rejalashtirsa har bir ishi unumli kuni samarali bo'ladi. Buning uchun esa u vaqt birligi haqida malumotga ega bo'lishi lozim. Birgina vaqt birligi emas, o'lchov,miqdor hajm birliklari haqida ham mukammal bilimga ega bo'lishlari lozim. Shularning hammasi ham kundalik hayotimizda ko'p qo'lanilladi. Yerni uzunligini, yo'lni uzoqligini, osmonning kengligini, tog'ning balandligini, har xil jismlarning og'irligini va yengilligini, vaqtning chegaralanganligini va boshqa shunga o'xshash harakatlarni har bir bola bilishi kerak va o'rganmog'i zarur. Boshlang'ch sinf matematika darslarida uzunlik o'lchov birliklari haqida umumiy malumotlar beriladi va o'rgatiladi. Har bir uzunlik birligining o'z o'rni va o'z nomi bor. Bolalar har bir uzunlik birliklari haqida malumotlarga to'liq ega bo'lgandan so'ngina ularni hayot davomida amalda qo'lay boshlaydilar. Xulosa qilib aytish lozimki, boshlang' ch sinflarda matematika fanidan beriladigan bilimlarni chuqur va keng oson va samarali yetkazish zarur.



  1. bob xulosasi

Ushbu bobda biz boshlang’ich matematika kursida miqdor tushunchasi va uni o‘lchash, massa tushunchasini o’rganishni bayon etdik.

Ta’rifga ko’ra, agar a miqdor berilgan va e miqdor birligi tanlab olingan bo‘lsa, u holda a miqdorni o‘lchash natijasida shunday x haqiqiy son topildiki, uning uchun a =x e bo‘ladi. Bu x soni a miqdorning e miqdor birligida sonli qiymati deyilar ekan. ( x= me( a))

Massa-asosiy fizik kattaliklardan biri ekan. Jismning massasi tushunchasi og‘irlik-kuch tushunchasi bilan chambarchas bog‘langan.

Massa-quyidagi xossalarga ega bo‘lgan musbat miqdor ekan.



  • tarozida bir-birini muvozanatlovchi jismlarning massasi bir xil;

  • jismlar bir-birlari bilan birlashtirilsa, massalar qo‘shiladi: birgalikda olingan bir nechta jismning massasi ular massalarining yigindisiga teng.

Uzunlikdagiga o‘xshash massalarni taqqoslash, ular ustida amallar bajarish massalarning son qiymatlarini taqqoslashga va ular ustida amallar bajarishga keltirilar ekan. Massaning asosiy birligi-kilogramm. Bu asosiy birlikdan massaning boshqa birliklari: gramm, tonna va boshqalar ekan.



Yüklə 65,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin