Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar, taklif etilgan fikr-mulohazalardan yangi avlod darsliklar, metodik qo’llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot predmeti. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Boshlang’ich sinf matematika darslarini sifat va samaradorligi ortadi, agar:
Boshlang’ich sinf matematika darsini o’qitishda pedagogik texnologiyardan keng foydalanilsa;
Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari:
Tadqiqot 3 bosqich (2009- 2011-y ) amalga oshirildi.
1-bosqich (2009-y noyabr, 2010-y yanvar) tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlar,dissertatsiyalar va avtoreferatlar o’rganilib, tahlil qilindi , hamda boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasining tajribasi ham o’rganildi.
2- bosqich (2010-y mart,may) Bu bosqichda o’qitish metodikasining andozasi ishlab chiqildi, tadqiqotning farazi ham ilgari surildi.Mavzuga oid adabiyotlar tahlil qilindi va matematika fanini o’qitish tajribasini davom ettirildi.
3-bosqich (2010-y noyabr, dekabr) Metodikasini tadbiq qilish bo’yicha eksprimentni sinovdan o'tkazildi va natijalari tahlil qilindi
Dostları ilə paylaş: |