Klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Shablonlarning standart kutubxonasi (STL). STL-komponentalari. Reja:
1. Sinf va funksiya shablonlari. 2. Sinf va funksiya shablonlarini dasturlash 3. STL tarkibi 4. Sinf-konteynerlar 5. Iteratorlar 6. Xotirani taqsimlovchilar, predikatlar va solishtirish funksiyalari
Kalit so’zlar: sinf shablonlari, funksiya shablonlari, konteynerlar, iteratorlar, STL komponentalari, template Shablonlar haqida Ushbu darsda C++ dasturlash tilining asosiy hususiyatlaridan bo’lgan shablonlar bilan tanishamiz. Shablonlar yordamida umumiy funksiyalar va umumiy classlar yaratish imkoniyati mavjud.
Umumiy funksiya va umumiy classlar har xil ma’lumot toifalaridan ularni overload qilmasdan (ko’p kod yozmasdan) foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni bunda biz har bir toifa uchun aloxida funksiya yozishimiz shart bo’lmaydi. Shablonlar ikki xil bo’ladi:
Funksiya shabloni (function template)
Sinf shabloni (class template)
Funksiya shablonini (function template) yaratish Funksiya shabloni template kalit so’zidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Quyida funksiya shablonini yaratish formasi keltirilgan:
template TOIFA> qaytarish-tipi funk-nomi (arg-lar)
{
// funksiya tanasi }
Bu yerda TOIFA funksiya tomonidan joriy holda ishlatiladigan ma’lumot tipi. Ushbu toifani kompilyator avtomatik ravishda funksiyaga kelayotgan ma’lumot tipi bilan almashtirib qo’yadi.
Bu yerda class va template lar funksiya shablonini yaratish uchun ishlatiladigan kalit so’zlardir. Lekin ba’zi hollarda class kalit so’zi o’rniga typename kalit so’zini ishlatishimiz mumkin. Quyidagi misol hohlagan tipda berilgan ikkita o’zgaruvchi o’rnini almashtirib berish uchun xizmat qiladi va bunda har bir toifa uchun alohida funksiya yozishimizga zaruriyat qolmaydi.