3-Tajriba mashg'uloti.
Mavzu: Avtomobil va traktor g’ildiraklariga tushadigan normal reaksiyalarni qayta taqsimlanishini tekshirish.
Ishdan maqsad:
1. Talabalar tajriba ishi davomida Traktor va avtomobillarda ishlatiladigan g'ildiraklar, ularning turlari, ularga qo'yiladigan talablar bilan yaqindan tanishishi lozim.
2. G’ildiraklariga tushadigan normal reaksiyalarni aniqlashlari va qayta taqsimlanishini tekshirish lozim.
Mashg'ulotni bajarish uchun kerekli jihozlar:
Avtomobil va traktor, turli sinfga mansub g'ildirak va shinalar, sinov maydoni, o'lchash uchun metir (ruletka), malumotlarni yozib olish uchun qalam va qog'oz.
Talabalar lishishi shart:
G‘ildiraklar traktor va avtomobillarning og'irligini tuproqka (yoki asfaltga) o‘tkazish jarayonida tuproqning siljituvchi reaksiyasini hosil qiladi, bu siljituvchi reaksiya esa mashinani o‘rnidan siljitadi.
Yurish qismining konstruksiyasiga qarab traktorlar g'ildirakli va zanjirli bo‘ladi. G‘ildiraklar esa o‘z navbatida yetakchi va yetaklanuvchi bo‘ladi. Bundan keyin yetakchi g'ildirak parametrlarining indeksiga (e), yetaklanuvchi g'ildirak parametrlarining indeksiga esa « O » harflarini qo‘yib belgilaymiz.
Agar g'ildirakka etakchi moment berilsa va uning natijasida tuproq bilan tutashgan yuzada urinma tortish kuchini paydo qilsa, u g'ildirak yetaklovchi hisoblanadi. Odatda, yetakchi g'ildirak traktorlarda orqaga o‘rnatiladi. Uning aksi, ya'ni yetakchi moment berilmasa, u g'ildirak etaklanuvchi xisoblanadi. Traktorlarda yetaklanuvchi g'ildirak traktorning oldiga o‘rnatiladi. Shuning uchun yo‘naltiruvchi g'ildirak deb ham atalishi mumkin.
Yo‘naltiruvchi g'ildirak traktorning ostovi tomonidan ta'sir etayotgan itaruvchi kuch ostida harakat qiladi. Odatda (ba'zi shatakka oluvchi traktorlarni hisobga olmaganda), oldingi g'ildirak yo‘naltiruvchi hisoblanadi. Avtomobillarda yetakchi g'ildirak oldiga ham, orqasiga xam, o‘rnatilishi mumkin. Oldiga o‘rnatilganda u bir vaqtning o‘zida xam yetakchi, qam yo‘naltiruvchi xisoblanadi.
G'ildiraklarning konstruksiyasi ikki xil bo‘ladi:
1) qattiq gardishli;
2) ballonli.
Qattiq gardishli g'ildiraklar (zanjirli traktorlarning tayanch g'ildiraklarini xisobga olmaganda), hozirgi kunda kam qo‘llaniladi. Ko‘pchilik traktor va avtomobillar ballonli g'ildiraklarda ishlab chiqariladi. Tushayotgan yukning va ballon ichidagi bosimning miqdori hamda shunga o‘xshash bir qator omillarning ta'sirida ballonli g'ildiraklarning radiusi o‘zgarib turadi. G'ildirakka hech qanday yuk yoki moment ta'sir etmaganda, u maksimal radiusga ega bo‘ladi. Bu radiusni shartli ravishda nazariy radiusga teng deb olib, uni rн bilan belgilanadi. Bundan tashqari, statik rст va dinamik rd radiuslar mavjud. Bu radiuslar ballonning radial yo‘nalishda Qe kuch ta'sirida deformatsiyalanishidan xosil bo‘ladi.
Tinch turgan g'ildirakning geometrik markazidan tayanch yuzagacha bo‘lgan masofa statik radius deb ataladi (9-chizma, a).
G'ildirakning geometrik markazidan reaksiya kuchi Xe ta'sir etayotgan tekislikkacha bo‘lgan masofa dinamik radius deb ataladi. Statik radius rст doim rн dan kichik (rCT < rH). Harakat tezligi katta bo‘lmagan sharoitda (rd < rст)., katta tezlikda esa, rст < rd < rн. Bulardan tashqari, shartli ravishda qabul qilingan dumalash yoki kinematik radius xam bor. U hech qanday shataksirashsiz va sirganishsiz berilgan burchak tezlikda aylanib, haqiqiy g'ildirak bosib o‘tgan yo‘lga teng mosafani bosib o'tadigan, fikran qabul qilingan qattiq g'ildirakning radiusidir.
Ballonli g'ildiraklarning radial deformatsiyasidan tashqari tangentsial, ko‘ndalang va burchak deformatsiyalari mavjud. Shinaning (ballonning) radial deformatsiyasini baxolash uchun radial mustahkamlik koeffitsienti λn kabul qilingan:
bu koeffitsient shina ichidagi bosim, uning konstruktiv o‘lchamlari va shina materialiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Shinaning tangensial deformatsiyasi asosan burovchi moment ta'sirida sodir bo‘ladi. Shinalarda ko‘ndalang yo‘nalishdagi deformatsiya asosan yo‘naltiruvchi g‘ildiraklarni burish paytida sodir bo‘lib, mashinani boshqarishda muhim ko‘rsatkich xisoblanadi. Shinaning ko‘ndalang yo‘nalishda deformatsiyalanishi Pyon kuch ta'sirida bo‘lib, u gildirak o‘qida paydo bo‘ladi (9-chizma, b). Natijada shinaning dastlabki yo‘nalishi bilan o‘zgargan yo‘nalish orasida ma'lum burchak hosil bo‘ladi.
Bu burchak yonaki sirpanish burchagi deyiladi va δyon bilan belgilanadi:
bu erda: - Kyon yonaki sirpanishga qarshilik koeffitsienti
Bu koeffitsient qancha kichik bo‘lsa, shinaning yonaki sirpanishi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Shinaning burchakli deformatsiyasi gildirakka gorizontal tekislik bo‘yicha moment Mш qo‘yilishi bilan sodir bo‘ladi. Moment ta'sirida g'ildirak ma'lum Δ burchakka buriladi. Shinaning burchak bikrligi quyidagicha topiladi:
Moment Mш katta bo‘lmaganda g'ildirakning yo‘nalishi shina protektorining sirpanishisiz o‘zgarishi mumkin, lekin moment ko‘payib ketsa, burchak Δ tez kattalashib, protektorning sirpanishi ro‘y beradi. Bu esa boshqarishni yomonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |