3-ТОПШИРИК
Қуйидаги таянч ибораларни бир-бирига боғлаш асосида маълум бир мавзу юзасидан ўз билимингизни намоён этинг:
Дид, онг, эстетик, тарбия, ижтимоий, санъат, омил, усул, миллий, умуминсоний, мустақиллик, имконият, таъсир, эстетик фаолият.
Estetik did tushunchasining o‘ziga xosligi shundaki, u bir tomondan, idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o‘zining ehtiros, his-hayajon, subyektiv baholash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi. Shu sababli biz did haqida gapirganimizda odatda, estetik did deganda — insondagi go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik
singari estetik xususiyatlarni, umuman, nafosatni idrok etish qobiliyatini nazarda tutiladi.
Estetik anglash iborasini ajratib ko‘rsatishimizning sababi shundaki, odatda falsafiy fanlarga doir ilmiy adabiyotlar “anglash” o‘rniga “ong” istilohi qo'llab kelinadi, estetik ong, ilmiy ong, huquqiy ong va h.k. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas-ruschadagi-”soznaniye” so‘zining yuzaki (kalka) taijimasi. Ma’lumki, “soznaniye” so‘zi ruschada ikki xil ma’noni: ong va anglash ma’nolarini bildiradi.
Estetik tarbiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan “mikroor- ganizm” emas va ayni paytda birdan to'xtab qoladigan “mexanizm” ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko'nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Ikkinchidan, estetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bundan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Shaxsni estetik hamda badiiy jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan.
San’at estetikaning obyekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Shunga ko'ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o'taydi. U insonni o'rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko'makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo4lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi.
Biroq, uning davomiyligini ta’minlash shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hamohangligini qay tariqa rivoj topishiga bog‘liq.
Ana shulardan kelib c hiqqan holda aytishimiz mumkinki, ijtimoiy taraqqiyotning bundan keyingi bosqichlarida go‘zallikni yaratish uchun eng avvalo;
— shaxs estetik tuyg‘usi, didi va idealini kamol toptirish;
— milliy m afkura, milliy g‘oya, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda san’atning bevosita ishtirokini ta’minlash;
— milliy va umuminsoniy qadriyatlaming estetik jihatlarini yosh avlod tafakkuriga singdirish;
— milliy urf-odat va an’analarning go‘zallik bilan bog‘liq tomonlariga alohida e’tiborni qaratish, ularni zamon ruhida targ'ib qilish kabi
vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Aytganlardan shunday qisqacha xulosa chiqarish mumkin: nafosat o‘z ichiga ham tabiatdagi, ham jamiyatdagi, ham shaxs hayotidagi estetik jihatlarni o‘zida mujassam qiladigan estetik munosabat obyekti sifatida estetik xususiyatlarni, estetik faoliyatini va estetik anglashni qamrab oladigan, yashash sharti subyektiv xilma-xillik bilan belgilanadigan murakkab, maqsadni emas, balki serqirra maqsadga muvofiqlikni birinchi
o4ringa qo‘yadigan hissiy-intellektual borliq, inson hayotining insoniy mazmunini ta’minlaydigan ma’naviy-ijtimoiy hodisa.
Dostları ilə paylaş: |