Fan: O`zbekistonning eng yangi tarixi
Guruh: 926-21 Suyunova Bibixonim
3-topshiriq
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
3. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari.
4. SHanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston..
5. O‘zbekiston va MDH.
Javoblar
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.
Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi.Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2017-2018 yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 2005-2017 yillarda umummamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016 yilda yuqori iqtisodiy o‘sish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri turlicha bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda ma’lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste’molni shakllantiruvchi tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur’atlarining keskin kamayishi aholi turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz (2017 yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. Orol dengizi boy tabiiy resursi bilan mashhur bo‘lgan. Bu dengiz biologik jihatdan boy ekotizim sifatida e’tirof etilgan. 1964 yilgacha dengiz hududi 68,9 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Yiliga 30-35 ming tonnagacha baliq etishtirilgan. Noyob flora va faunasi dunyoga mashhur edi. Afsuski, suvdan noto‘g‘ri va tartibsiz foydalanish natijasida so‘nggi 50-55 yil ichida suv hajmi 15 barobarga, sathi 29 metrga pasaydi. Dengizning qurigan hududini oq tuz konlari egalladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi tobora yo‘qolib bormoqda.
Dengizning qurib qolgan tubida vaqti-vaqti bilan chang va sho‘r bo‘ronlar kuzatiladi. Jumladan, har yili 100 million tonnaga yaqin qum-tuz bo‘ronlari bo‘lib, 400 kilometrdan ortiq masofaga tarqaladi. Bu esa insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududda nafas yo‘llari, onkologik, surunkali bronxit kabi kasalliklar kuzatilmoqda. Atrof-muhitning buzilishi iqtisodiy ko‘rsatkichlar pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Hududda chorvachilik va baliqchilik sohasi oqsamoqda. Iqtisodiy zarar ko‘rsatkichi ortib bormoqda.
Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari tanqisligi, er degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
3. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
Xalqaro vaziyatning o'zgarishi. XXI asr bo'sag'asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi.
XX asrning 90— yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam
o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligj, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog'lom skologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyat-chilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tash-vishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo'rt bo'lib turgan-ligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g'oyat murakkab va muammoli bo'lib keldi, hozir ham shunday bo'lib qolmoqda.
4. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi.
5.Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya , Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi.
1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil dekabrda MDHga Gruziya qoʻshiddi.
1993-yil yanvarda MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |