2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;
3) Forob, Damashq, Misr, 160 dan ortiq asar;
4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200 ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;
5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
7- topshiriq. Berilgan matnni tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.
Nyutonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687).
Birinchi qonun —……………………..
Ikkinchi qonun — ……………………..
Uchinchi qonun — …………………….
Nyutonning mexanika qonunlari G.Galiley, X.Gyuygens hamda I.Nyutonning o‘zi o‘tkazgan ko‘plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug‘lik tezligiga yaqin moddalar uchun o‘rinli emas.
8-topshiriq. Berilgan matnni tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.