3-umumiy o’rta ta’lim maktabining 5- sinf o’quvchilari o’rtasida 15- oktabr kuni “Quyoshli doira ” treneng mashg’uloti o’tkazildi. Kuzatuvchilar: O’ibdo’ T. G’ofurov. Sinf rahbari G. To'rdiyeva. Birinchi mashg’ulot Mashq



Yüklə 17,42 Kb.
tarix16.03.2020
ölçüsü17,42 Kb.
#30674
bayonnoma1

73-umumiy o’rta ta’lim maktabining 5- sinf o’quvchilari o’rtasida 15- oktabr kuni “Quyoshli doira ” treneng mashg’uloti o’tkazildi.

Kuzatuvchilar: O’IBDO’ - T.G’ofurov.

Sinf rahbari - G.To'rdiyeva.

Birinchi mashg’ulot

Mashq: «G’ayritabiiy salomlashish»

Ishtirokchilarga bir-birlari bilan panja, yelka, oyoq, pyeshona, tizza, tirnoq orqali va shular kabi «g’ayritabiiy salomlashish» taklif etiladi.

Musiqa yangraydi. Ilk o’spirinlar xona bo’ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener ishtirokchilardan qanday salomlashish kerakligini so’raydi. Ishtirokchilar bir-biri bilan ixtiyoriy salomlashadilar. Ularga o’z salomlashishlari haqida o’ylab ko’rish tavsiya qilinadi.

Mashq: «Men o’zimni yaxshi ko’raman»

Hamma aylana bo’lib o’tiradi. Guruh ishtirokchilari o’z qadriyatlari haqida gapiradilar. Masalan, «Men o’zimni yaxshi ko’raman, chunki mehribon bo’lganligim uchun».



Mashq: «So’zli avtoportret»

Ishtirokchilar qog’ozga o’zlari haqida anonim shaklda yozadilar. Ular oilalari, sinfi, do’stlarining fazilatlari, xarakteri, xulq-atvori, o’qishdagi yutuqlari haqida yozishlari lozim. Varaqlar yig’ib olinadi va aralashtiriladi, so’ng har bir ilk o’spirin bitta varaqni tanlab oladi. Undagi ma’lumotlarni guruhga ma’lum qiladi. O’qiyotgan ishtirokchining vazifasi–so’z kim haqida borayotganini topish. Agar topolmasa, guruhni yordamga chaqiradi.



Mashq: «Quyoshli doira»

1-qism. Guruhning har bir ishtirokchisi qog’ozga Quyosh rasmini chizadi. Markazda o’z rasmini yoki ismini ifodalaydi. Quyosh nurlari orasida o’zining sifatlaridan ko’proq yozadi. Ular orasidan uchta eng yaxshi xislatni ajratishi lozim.

2-qism. Ilk o’spirinlar bir-birlaridan Quyosh rasmini kiyimlariga to’g’nag’ich bilan mahkamlab qo’yishni so’raydilar.

3-qism. Musiqa ostida ilk o’spirinlar xona bo’ylab ohista harakatlanadilar, bir-birlariga yaqinlashib, Quyosh nurlariga o’z xislatlarini yozadilar. Agar Quyosh nuri yetishmasa, yana chizadilar. Mashq bajarib bo’lingach, har bir ishtirokchi o’z varag’ini oladi va saqlab qo’yadi. Trener yakunlaydi «Bolalar, sizlarda qiyinchilik tug’ilgan bo’lsa, Quyoshingizni oling, u sizning qalbingizda yana iliqlik uyg’otadi».

Mashg’ulot so’ngida o’quvchilarning mashg’ulot haqidagi fikrlari so’raldi va tahlil qilindi.


Maktab psixologi: Jumanova Sh.

O’IBDO’: T.G’ofurov.

Sinf rahbari: G.To'rdiyeva.
73-umumiy orta talim maktabining 5- sinf oquvchilari ortasida

16- oktabr kuniXotirani mashqlantirishtreneng mashguloti otkazildi.

Kuzatuvchilar: O’IBDO’ - T.G’ofurov.

Sinf rahbari - G.To'rdiyeva.

Xotirani mashqlantirish

Xotirani mashqlantirish — bu ta’lim jarayonida o’zlashtirish qobiliyatini oshirish imkoniyati sanaladi. SHuning uchun taqdim etilayotgan mashqlarni o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Arastu o’z vaqtida “voqea-hodisalar izchilligini fikran tiklash, taassurotlarni qayta tiklash qayta esga tushirishni yengillashtiradi”, degan edi. Sizga taqdim etiladigan mashqlar ushbu tamoyilga tayanadi. Ular yordamida sizning xotirangiz imkoniyatlari ancha orttadi.



Xotirani mashqlantirishning tayyorlov bosqichi

Bu mashq bo’sh vaqtda bajarilishi lozim.

1. 5-15 soniya davomida fikrlardan xoli bo’lgan holatga keling. Siz bir ishdan boshqasiga o’tganda, oddiy vazifasidan murakkab vazifani bajarishga kirishganingizda ancha zo’riqishni bir necha bora his qilgansiz. SHu sababli esga olib qolish mashqini bajarishdan oldin diqqatni jamlash va uning boshqarish lozimligini e’tibordan chetga qoldirman. Mashqqa yo’naltiruvchi topshiriq ancha tushunarli bo’lishi uchun ko’zguga qaraganingizda sizda nima yuz berishini esga oling. Dastlab o’zingizga baho bermaysiz, ammo ozroq vaqt o’tgach o’zingiz haqingizda har xil munosabatlar bildira boshlaysiz.

2. Ruhiy zo’riqishlarsiz sharoitda diqqatni to’plashga e’tibor qarating.

3. Ushbu holatda bo’lishni yanada o’stirib boring



1-MASHQ

Ish kuningizni boshida kundaligingizni bir chetga surib qo’yib, o’zingizdan “Men bugun birinchi, ikkinchi, uchinchi navbatda va boshqa qaysi ishlarni bajarishim kerak edi?” deb so’rang. Agar buni uddalay olmasangiz kundalikda rejalashtrilgan ishlar ketma-ketligini fikran tiklashga urining. Har birini detaligacha eslashga harakat qiling. Bu mashqni yana ko’rinishi ish kuningiz yakunida ertaga qilinadigan ishlar tartibi qayd etilgan kundaligingiz sahifasini xayolan gavdalantiring. Doimiy ravishda kundalik rejalaringizni obrazli tarzda gavdalantirishingiz sizda obrazli xotirani o’sib borishiga imkon beradi.



2-MASHQ

Stol ustiga narsalarni betartib joylashtiringki, ular Sizning diqqatingizni to’plash uchun faollikni ta’minlasin. So’ngra har bir predmetning holatini o’zgartirishingiz mumkin bo’lgan munosabatingizni tasavvur qiling. Uni amalga oshiring. Ma’lum vaqtdan so’ngra ularning dastlabki holatiga qaytaring.



3- MASHQ

Ushbu mashq alohida so’zlarni esga olib qolish qobiliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Mashqni imkoni bo’lsa ikki kishi bajargani maqsadga muvofiq. Ishtirokchilarda biri bir biriga mazmunan bog’liq bo’lmagan o’ttizta so’zdan iborat ro’yxat tuzadi. Ishtirokchilarning boshqasi esa bir soniya vaqt oralig’ida ushbu so’zlarga ma’no jihatdan sinonim bo’lgan so’zlarni topadi. Sinomnim so’zlar dastlabki ro’yxatdagi so’zlarning qarshisiga yozilib boriladi. Har bir so’zni sinonimi yozilgach, u bekitildai. Siz ma’no jihatdan olingan sinonim so’z yordamida dastlabki ro’yxatdagi so’zlarni topib borishingiz lozim bo’ladi. Sinonim so’zni topishda vaqt miqdori bir soniyadan oshib ketishi kerak emas. Ushbu mashqni muttasil bir oy mobaynida bajarish ancha samara beradi.



4-MASHQ

Ushbu metodika sizga murakkab matnlarni qiynalmasdan esga olib qolishga yordam beradi.

1. Albom varag’i hajmidagi matnni oling. U xabarnoma mazmunidagi murakkab bo’lmagan matn bo’lishi lozim.

2. Uni bir necha bora o’qing va toza varaqqa beshta gap orqali uning mazmunini yozing.

3. Beshta gapning ichidan kalit so’zlarni tanlab oling. Tanlab olingan kalit so’zlarni navbatdagi varaqda yozing.

4. Har bir kalit so’z yordamida maksimal miqdorda matndagi ikkinchi darajali so’zlarni esga olib qolishga harakat qiling.

5. Ikkinchi darajali so’zlar yordamida yangi kalit so’zlar hosil qiling va ular orqali matnning umumiy mazmunini aks ettiruvchi yana beshta gap tuzing.

SHu tarzda so’zlar algoritmi tuzish yordamida esga olib qolishni amalga oshirsangiz, matnni avtomatik tarzda yod olish imkoniyatingiz o’sadi.


Maktab psixologi: Jumanova Sh.

O’IBDO’: T.G’ofurov.

Sinf rahbari: G.To'rdiyeva
Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin