Ekologik tarbiya asosan tabiat haqidagi tasavvurni shakllantirsh orqali tabiat bilan tanishtirish mehnat mashg`ulotlarida berib boriladi. "Uchinchi ming yillikning bolasi"dasturida berilgan mavzularga qo’shimcha qilib, o’lkamizga xos jonli va jonsiz tabiat, o’simliklar va xayvonot dunyosi h aqida tasavvurlar shakllantirib boriladi. Bogchalarda ekologik talim bo’yicha olib borilayotgan ishlar birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari shu talablar asosida tuzilgan " Uchinchi ming-yillikning bolasi " tayanch dasturi (2000 y) asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturning "bolalarni jismoniy rivojlantirish", "bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish", "manaviy-madaniy y etuklik" bo’limlarida o’z aksini topgan.Dastur bolalarning yoshi, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga mos ravishda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik talim-tarbiya berishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.
http://fayllar.org