3-variant I – topshiriq Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish mavzusini bayon eting



Yüklə 133,27 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2022
ölçüsü133,27 Kb.
#70695
1   2   3
3-variant I – topshiriq Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik -fayllar.org

II – topshiriq
Mavzu asosida 10 ta tuzing


III – topshiriq

Berilganso‘zlarningizohlilug‘atiniko‘rsating

Ekologiya – «oikos» so‘zidan olingan, «tom» yoki «uy» ma’nosini anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan ilk bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar.
Ekologik madaniyat – Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi.
Ekologik ta’lim – o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
Ekologik bilim – muayyan ko'nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Zoologiya – (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyannt bir sohasi. 3. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi.
Botanika – (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. B. yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. B. bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, fiziologiya, ekologiya, usimliklar xom ashyosi, bioqimyo, usimliklar geografiyasi, dendrologiya, palinologiya kabi tarmoqlarga boʻlinadi. B. suvoʻtlar, poʻsinlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻli oʻsimliklar, zamburugʻlar va lishayniklar deb ataladigan boʻlimlardan iborat.



Yüklə 133,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin