3-Variant Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari auditi



Yüklə 38,91 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü38,91 Kb.
#201317
1   2   3
audit oraliq

Ustav kapitali auditi
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi hamda uni hisobga olish uslubiyatining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoli-yat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav kapitalining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki huj-jatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartib-da amalga oshiriladi:
– ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi;
– ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
– ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to‘liq va o‘z vaqtida qo‘-shilishi;
– ta’sischilar mulk shaklida qo‘shadigan ulushlarining to‘g‘ri baho-lanishini tekshirish;
– ustavda ko‘rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
– ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;
– ustav kapitalining to‘liq va to‘g‘ri shakllantirilganligi;
– ta’sischilarning ustav kapitaliga o‘z ulushlarini qo‘shish bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
– ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish;
– ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo‘shilganligini aniqlash;
– ustav kapitali hajmi o‘zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shart-nomasining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
– korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo‘riqnomalari;
– ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);
– moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
– ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav ka-pitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o‘zida mujassamlashtir-gan
Yüklə 38,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin