3. Xulosa 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 77 Kb.
səhifə5/6
tarix14.02.2023
ölçüsü77 Kb.
#84247
1   2   3   4   5   6
MUHOFOZA QILINADINGAN TABIIY HUDUDLARNING QONUN VA QONUN OSTI XUJJATLARDA O\'Z AKSINI TOPISHI

14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi.
15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo‘yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin