3 Zahiralarni boshqarish tizimi va turlari



Yüklə 16,07 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü16,07 Kb.
#104128
  1   2

3 Zahiralarni boshqarish tizimi va turlari.
Zahiralar to‘g‘risidagi umumiy qabul qilingan ta’rif quyidagilar: moddiy zahira - ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichlarida bo‘lgan sanoat - texnik mo‘ljaldagi mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol jarayoniga kirishni kutayotgan xalq iste’moli tovarlari va boshqa tovarlardir. Zahiralarni tashkil etish doimo harajatlar bilan bog‘liqdir.
Zahira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xomashyoning birinchi manbadan so‘nggi iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zahira ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zahiralarni boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zahiralarning ikki asosiy turi tashkil etiladi: (16-chizma)

  1. Ishlab chiqarish zahiralari.

  2. Tovar zahiralari.

O‘z navbatida bu zahiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
a) joriy zahiralar; b) sug‘urta zahiralari; v) mavsumiy zahiralar.
Zahiralar yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog‘lanishni kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi. Zahiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bilan yetkazib berilayotgan xomashyo bilan ta’minlashga, shuningdek, xomshyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zahiralari shu xomashyoni yetkazib beruvchining mahsulot ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘lanishini kuchsizlantiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar zahirasi alohida sexlarning bir - biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.
Zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bufer zahiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil etiladi. Bu zahiralar materiallar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qoplamalar uchun o‘z vaqtida etib kelmaslikni to‘ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, mahsulotni qulay hajmdagi partiyalar bilan ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
2.Tayyor mahsulot zahiralari qulay hajmdagi mahsulot partiyalari bilan ishlab chiqarishni ta’minlash, kutilayotgan talabni qondirish, haqiqiy talabning istiqbollashgan zahiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi.
3. Ushlanib qolishlarni qoplash uchun zahiralar material resurslarning harakatlanishi bilan bog‘liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo‘lsa, bunday zahiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
4.Kutilayotgan talabni qondirish uchun kerak bo‘lgan zahiralar istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning hajmi va vaqti aniq hisoblangani uchun bunday zahiralarning aniqlanishi qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
5. Kafolat zahirasi talabning aniqlab bo‘lmaydigan o‘sishini qondirish uchun xizmat qiladi. Bu zahiralarning mavjudligi haqiqiy talabning istiqbollashayotgan talabdan farqini qoplaydi.
Yetkazib berish konsepsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda yalpi zahiralarning muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Zahiralarni qulaylashtirish mezoni xarid bo‘yicha harajatlar mahsulotning yo‘qligi natijasida hisoblanadi.
Xarid bo‘yicha harajatlarga quyidagilar kiradi: buyurtmani qayd etish bo‘yicha harajatlar; yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan tovarlar va kommunikatsiya haqida shartnomani qayd etish bo‘yicha harajatlar, agar transportda tashish narxi qabul qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport harajatlari, tovarni qabul qilish va omborda saqlash harajatlari. Bularning ayrimlari buyurtmada belgilanadi va buyurtma hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqalari esa, masalan, transport va ombor harajatlari buyurtma hajmiga proporsional bog‘liqdir.
Zahirani saqlash bo‘yicha harajatlar omborda mahsulotni ma’lum vaqt davomida saqlash harajatlari bilan belgilanadi va bevosita ombordagi mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bunga ombor harajatlari, renta harajatlari (agar inshoot ijara qilingan bo‘lsa), ishlab chiqaruvchi birlikka tegishli omborlarning mohiyati uchun joriy harajatlari kiradi. Bu tur harajatlarga kapital harajatlar kiradi. Bu guruhga, shuningdek, sug‘urta va soliq harajatlari ham kiritiladi. Sug‘urta harajatlari zahira yong‘in yoki o‘g‘rilik natijasida yo‘qolishlaridan himoya sifatida ishlatiladi. Zahiralar hisoblangan kun bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy ofat va zahiralarning buzilishlari natijasidagi yo‘qotishlar ham kiritiladi.
Mahsulot yo‘qligi natijasida ishlab chiqaruvchi omborda mahsulot yo‘q bo‘lganligi natijasida to‘satdan hosil bo‘lgan talabni qondira olmaydigan yo‘qotishlarga duch keladi. Bu yo‘qotishlar ikki turga bo‘linishi mumkin:
1. Yo‘qotilgan sotishlar qiymati, bunda buyurtmachi o‘z buyurtmasini boshqa ishlab chiqaruvchiga beradi. Bu usulda harajatlar ko‘zda tutilgan harajatlardan foyda yo‘qotish bilan aniqlanadi.
2. Buyurtmachi buyurtma berilishini kutib turadi. Sotuvlar yo‘qotilmagan, balki surilgandir. Ammo kutish qo‘shimcha harajatlarni, buyurtmani qayd etish uchun, transport va ombor harajatlari va boshqalarni tug‘dirishi mumkin. Bu harajatlarni aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Zahiralarni boshqarish ularning haqiqiy holatini nazorat qilishni tashkil etishni ham ko‘zlaydi. Zahiralarning holati ustidan nazorat-zahiralarning me’yorlari cheklanishini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish texnik tayinlanishidagi mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zahiralar darajasini o‘rganish, boshqarish va chetlanishlarni yo‘q qilish uchun tezkor choralarni ko‘rish hisoblanadi.
Zahiralar holati ustidan nazoratning kerakligi zahiralarning me’yorida ko‘zlangan chegaralardan haqiqiy zahira hajmining chiqib ketish holatida harajatlarning ortishi bilan shartlangan. Zahira holati ustidan nazorat zahiralarning hisobi, moddiy resurslarning qayta ro‘yxatga olinishi, inventarizatsiya ma’lumotlari asosida yoki kerak bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda nazoratning har xil uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan eng ko‘p uchraydigan ikki uslubi ko‘rib o‘tilgan. Birinchi uslubda, korxona yetkazib beruvchiga buyurtmani yuborish davr oralig‘i o‘zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i tizimi). Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir tovarning zahirasi oldindan belgilangan eng kam qiymatiga yetish bilan, bu tovar buyurtma qilinadi. Bunda buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir (buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizimi).

Yüklə 16,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin