3 Zahiralarni boshqarish tizimi va turlari



Yüklə 16,07 Kb.
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü16,07 Kb.
#104128
1   2
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘idagi zahiralarning holati ustidan nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo‘yicha zahiralarning holati ustidan nazorat bir xil vaqt oralig‘ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tovarning yangi partiyasini yetkazib berishga buyurtma belgilanadi. Buyurtma qilinayotgan tovar partiyasining hajmi maksimal tovar zahirasining ko‘zlangan me’yoriy va haqiqiy zahirasi orasidagi farq bilan aniqlanadi. Buyurtmani bajarish uchun aniq vaqt oralig‘i kerak bo‘lgani uchun, buyurtma qilinayotgan partiyaning o‘lchami bu davrda kutilayotgan harajat o‘lchamiga ortadi.


Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zahiralari holati ustidan nazorat tizimi. Zahiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zahiraning to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi, buyurtmani joylashtirish vaqtidagi zahira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta zahirasining hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd zahiraning buyurtma nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buyurtmani joylashtirishdan so‘ng zahira kamayishini davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan tovar darrov olib kelinmaydi. Buyurtma nuqtasidagi zahira hajmi odatdagi ish holatida t vaqt ichida zahira sug‘urta zahirasidan pastga tushib ketmasligi uchun tanlanadi. Agar talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi - A maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda), sug‘urta zahirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati qo‘shimcha yetkazib berishni ta’minlaydigan chora - tadbirlarni qo‘llashi kerak. Ko‘rinib turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar vujudga kelishidan himoya qiladi.
Yüklə 16,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin