300 Bo‘lajak logopedlarni kasbiy-metodik tayyorashda fanlararo integrativ yondashuvning ahamiyati Bozorov Otabek Yo‘lchi o‘g‘li



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#104910
1   2   3
11a

302 
Metodik bilim avvalambor tajriba xarakteriga ega bilim va mohiyatan uni taʼlimda 
qoʻllashning aniq maqsadi bilan belgilanadi. Shu sababdan ham metodik bilimlar oʻziga 
xos boʻlib, ular faqat bilimga xos boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlib qolmay, balki 
oʻqitishning turli usullari, uslublari, oʻqituvchi shaxsini taʼsirchan tarkibiy qismlarini va 
uslubiy bilimlarni anglatadi. 
Pedagogika oliygohlarida logoped - o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda psixologik 
– pedagogik, logopedik bilimlarni o‘zlashtirish va ulardan logopedik mashg‘ulotlarda 
foydalanish usullari o‘rgatib boriladi. Bevosita korreksion logopedik ish jarayonida 
logoped – o‘qituvchi ushbu barcha bilimlarni yaxlit holda qo‘llashi kerak. Biroq bu 
bilimlar xar hil vaqtda va ko‘pincha o‘zaro bog‘lanmagan holda o‘zlashtiriladi. Natijada 
bo‘lajak logopedlar pedagogikadan, psixologiyadan logopediyadan va o‘qitish 
metodikasidan olgan bilimlarini umumlashtira olmay qoladi. Shuning uchun psixologik 
– pedagogik, logopedik va metodik bilimlarni yaxlitlashtirish (integratsiyalash) oliy 
ta’limda ham amalga oshirilishi lozim. 
Integratsiya inglizcha “integratio” so‘zidan olingan bo‘lib – qismlarning tiklanishi, 
birlashishi degan ma`noni anglatib, ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir – biriga 
qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir[1]. 
N.I. Kondakov “integratsiya qаnday bo‘lmаsin elementlаrni yаgona bir butunlikka 
birlаshtirish va qandaydir yаxlitlikni tiklashdir” deya ta`riflaydi[2]. 
Y.S. Tyunnikov integratsiya tushunchasiga tegishli quyidagi bir qator belgilarni 
ajratib ko‘rsatadi: 
- integratsiya turli o‘zaro aloqadagi elementlar asosida ko‘riladi; 
- integratsiya o‘zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o‘zgarishi bilan bog‘liq; 
- integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega; 
- integrativ jarayon o‘zining tuzilmasiga ega; 
- pedagogik yo‘naltirilganlik va uning nisbatan mustaqilligi[3]. 
B.S.Bezrukovaning fikricha, pedagogik integratsiya – bu ilmiy integratsiyaning bir 
ko‘rinishi bo‘lib, uning farqli hususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik nazariya 
va amaliyot doirasida amalga oshiriladi[4]. 


303 
Shunday qilib integratsiya – bu predmetlararo bog‘lanishda qo‘llaniladigan turli 
predmetlarni o‘zaro kelishilgan holda o‘qitilishidan, ularning o‘zaro keskin ta`sirlashish 
darajasiga o‘tish orqali o‘qitish ekanligini yaxshi anglash lozim. 
N.F. Borisenko fanlararo bog‘liqlikning quyidagicha shakllarini ajratgan: 
- turli o‘quv predmetlarida biror ma`lum ob`ektning o‘rganilishiga asoslangan 
aloqalar; 
- turli o‘quv predmetlarida muayyan ilmiy metodni qo‘llanilishiga qaratilgan 
aloqalar; 
- turli o‘quv predmetlarida biror nazariyaning qo‘llanilishi asosida zohir bo‘luvchi 
aloqalar[5]. 
Agar fanlararo integratsiya fanlar bo‘yicha ta`lim berish tizimida o‘quv 
jarayonining rivojlanish usulida ishlatilganda hamda uning birligini ta`minlanganda, 
tashkil etganda ishtirok etsa, u holda uning metodologik funksiyasi ta`minlanadi. 
N.V. Zelenko o‘z tadqiqotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-metodik 
tayyorgarligini “uchta tarkibiy komponentning: umummetodik kompetensiya, maxsus 
metodik kompetensiya, va ularning tadbiq etilishining integrativ yaxlitligi” sifatida 
o‘rgangan [2]. 
Bo‘lajak logopedlarni tayyorlashda o‘quv rejalari va ta`lim dasturlarini tuzishda 
integratsion yondashuvni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi, ya`ni o‘qituvchilarga 
talaba ongida korreksion – pedagogik jarayonni yaxlit manzarasini shakllantirishga, 
yangi qarashlarni ishlab chiqishga, ta`limning yangi maqsadlari, mazmuni, shakllari va 
metodlarini aniqlashga imkon beradi.
Ma`lumki, korreksion – metodik fanlar mutaxassislikni egallashni 3 - bosqichidan 
boshlab o‘qitila boshlaydi. Bunda fanlar umumkasbiy va ixtisoslik fanlari blokida 
mujassam bo‘ladi. Umumiy pedagogika, umumiy psixologiya va maxsus pedagogika va 
psixologiya kabi ta`lim nazariyasi aks etgan fanlarni bo‘lajak logoped 2- bosqichda 
o‘zlashtiradi. Ta`limda ketma – ketlik va izchillik tamoyilining buzilmasligi va fanlararo 
o‘zaro bog‘liqlik zanjirini talaba his qilishi uchun professor – o‘qituvchilar ushbu 


304 
fanlarni asosiy mazmunini bilishi va talaba ularni o‘qish asosida olgan bilimlarni 
metodik fanlarni o‘zlashtirish jarayonida faol qo‘llashlarini ta`minlashi zarur.
Hozirda ta`limda kredit – modulli o‘qitish tizimining joriy qilinishi o‘quv rejadagi 
fanlarning rang – barangliligi, tanlov fanlarining nisbatini ortishi, talaba o‘z o‘quv 
dasturini o‘zi yaratishini taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida integrativ yondashuv 
asosida fanlar katalogini yaratishni murakkab mexanizmini talab etadi. Shu sababli 
kafedrada professor - o‘qituvchilar mavjud o‘quv rejalarni tahlil qilishi, o‘zlari 
o‘qitayotgan fan hususiyatlari, talabani o‘zlashtirishdagi o‘ziga hosliklarni o‘zaro 
muhokama qilish asosida ta`lim dasturini takomillashtirib borishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, bizningcha, psixologik – pedagogik, logopedik va metodik 
bilimlarni mazmuniy bosqichda yaxlitlashtirish (integratsiyalash) eng mahsuldor 
usullardan biri xisoblanadi va bu bo‘lajak logopedlarda korreksion – logopedik 
jarayonni yaxlit tasavvur qilishga hamda ishlarni shu tassavvur mahsulidan kelib chiqib 
loyihalashga zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi – logopedning metodik 
kompetentligi darajasini oshiradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin