3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə112/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga
oluvchi schotlarning (9500) bog‘lanishi

Mazkur guruh schotlari moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9510 "Royalti ko‘rinishidagi daromadlar";
9520 "Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar";
9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar";
9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar";
9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar";
9560 "Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar";
9590 "Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari".
Hisobot davri davomida yuqorida qayd etilgan daromadlar ushbu schotlarning kreditida debitorlik qarzi, pul mablag‘lari, majburiyatlar va hokazolar hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar yakunlovchi aylanmalar bilan 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga o‘tkaziladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Olinadigan royalti ko‘rinishidagi daromadlar summasi aks ettirilgan



4850

9510

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



2

Boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etganligidan olingan dividend ko‘rinishidagi daromadlar; hisob-kitob va boshqa hisob-kitob schotlaridagi mablag‘lardan foydalanganligi uchun banklardan olingan daromadlar; korxonaga tegishli aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar aks ettirilgan



4840

9520

E’lon, bildirgi

3

Olingan kreditlar va qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summalari aks ettirilgan



4830

9530

Shartnoma, foiz to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob jadvali



4

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga oid operatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



0610-0690

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



5

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga oid operatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



5810-5890

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



6

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi uzoq muddatli debitorlik qarziga oid operatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



0910-0990

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



7

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi joriy debitorlik qarziga oid operatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



4010-4890

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



8

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi pul mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



5020-5210,
5220



9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



9

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi joriy kreditorlik qarzi bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



6010-6990

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



10

Hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasidagi uzoq muddatli kreditorlik qarzi bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



7010-7920

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



11

Hisobdan chiqarishning jamlash usuli bilan chet el valyutasiga oid operatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqlari moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



6230

9540

Valyutalarning amaldagi kursi asosida hisob-kitob



12

Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summalari aks ettirilgan



4810

9550

Shartnoma, foiz to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob jadvali



13

Qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq (xarid qilish qiymati past) aks ettirilgan (qo‘shimcha hisoblangan)



0610, 5810

9560

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



14

Hisobot davrining oxirida moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlarda hisobga olingan natijalar 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga hisobdan chiqarilgan



9510, 9520,
9530, 9540,
9550, 9560,
9590



9910

Buxgalteriyaning hisob-kitobi




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin