3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi


3000 ta BUXGALTERIYa O‘TKAZMASI


HISOBVARAQLAR REJASI BO‘YIChA
BOG‘LANIShLAR*
Muqaddima
I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Umumiy tavsifi

Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi


II bob. Schyotlarning bog‘lanishi


I qism. Uzoq muddatli aktivlar
I bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar
va boshqa uzoq muddatli aktivlar


II qism. Joriy aktivlar
II bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar
III bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari
va kechiktirilgan xarajatlar - joriy qismi
IV bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi
V bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli
investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar


III qism. Majburiyatlar
VI bo‘lim. Joriy majburiyatlar
VII bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar


IV qism. Xususiy kapital
VIII bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
V qism. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanilishi
IX bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar
VI qism. Balansdan tashqari schyotlar


MUQADDIMA

Korxonalarda turli xil mulkchilik shakllari va xo‘jalik vaziyatlari vujudga kelayotgan zamonaviy sharoitlarda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini boshqarish jarayonida ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan buxgalteriya axborotining o‘rni, zarurati va ahamiyati ortib bormoqda. O‘z vaqtida, asoslangan va to‘liq axborot olish uchun ko‘p sonli schyotlardan foydalanish zarur, chunki turli foydalanuvchilar buxgalterdan turlicha ma’lumotlarni talab qiladi. Schyotlarda jamlanadigan ma’lumot ham ichki foydalanuvchilar, ham tashqi foydalanuvchilarning turli xil talablariga javob berishi lozim, chunki ular olingan ma’lumotning tahlili asosida kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Buxgalter ushbu ma’lumotni olish uchun, buxgalteriya hisobi yuritilishining umumiy uslubiyatini buzmagan holda, ko‘p sonli schyotlardan foydalanishi zarur.


O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma" buxgalteriya o‘tkazmalarini tuzish bo‘yicha buxgalter ishini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Mazkur standartga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 12 noyabrda 1181-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 28 oktyabrdagi 122-son buyrug‘iga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 25 mayda 1181-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009 yil 28 apreldagi 46-son buyrug‘iga muvofiq, o‘zgartishlar kiritilgan.
Hisobvaraqlar rejasidagi o‘zgartishlar bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona va tashkilotlarning buxgalterlik ishi tajribalarini umumlashtirish natijasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartishlar, yangi buxgalterlik hisobi standartlari joriy qilinishi yoki mavjud standartlarning, masalan, 6-son BHMS "Ijara hisobi", 7-son BHMS "Nomoddiy aktivlar"ning yangi tahriri qabul qilinishi bilan bog‘liqdir.
Korxonalar tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasiga asosan, o‘z xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobiga oid schyotlar ish rejasini ishlab chiqishi va uni hisob siyosati bilan tasdiqlashi lozim. Korxonaning schyotlar ish rejasida ishlab chiqarish va muomala jarayoni texnologiyasi va tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Hisobvaraqlar rejasiga uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma (2-son ilova) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lib, unda alohida schyotlar bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalarining ro‘yxati va ularning o‘zaro bog‘lanishi (900 ta o‘tkazma) keltirilgan. Biroq ushbu ro‘yxat korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni qamrab olmaydi. Shuning uchun ushbu qo‘llanmada xo‘jalik vaziyatlari ro‘yxati 900 tadan 3000 ta o‘tkazmaga qadar kengaytirilgan.
Mazkur kitob buxgalterlik hisobida aks ettirilishi lozim bo‘lgan amalga oshiriluvchi xo‘jalik faktlari (operatsiyalari)ni tavsiflaydi, ya’ni moliyaviy natijani belgilash va buxgalterlik hisobotini tuzish uchun mo‘ljallangan. Tez-tez qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalari ajratib ko‘rsatilgan, ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi bir schyot debeti va boshqa schyot krediti bo‘yicha yozuvlar bilan har bir operatsiya tavsifi schyotlarning bog‘lanishi orqali taqdim etilgan. Shu orqali qo‘sh yozuv yordamida xo‘jalik mablag‘lari, tashkilot majburiyatlarining bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayonini aks ettirishning qanday amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.
Mualliflar shuningdek har bir xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha bog‘lanishni, mazkur operatsiya rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlarni ko‘rsatgan holda tavsiflashni maqsadga muvofiq deb bildilar.
Boshlang‘ich hujjatlar, shuningdek qog‘oz yoki elektron axborot tashuvchilardagi hujjatlar buxgalterlik hisobida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xo‘jalik faoliyati yaxlit va uzluksiz aks ettirilishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisob registrlariga rahbarning og‘zaki ko‘rsatmasi yoxud o‘z ixtiyori bo‘yicha qaydlar kiritilmasligi lozim. U hujjat bilan aks ettirilgan harakatlarnigina hisobga olish huquqiga ega. Binobarin, boshlang‘ich hujjatlar schyotlar bog‘lanishi orqali amalga oshiriladigan buxgalterlik qaydlari tizimining asosi hisoblanadi.
Ma’lumki, tegishli xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshiradigan xodimlardan hujjatlar olish buxgalteriya uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ular zimmasiga buxgalterlik hisobi va nazorati uchun zarur hujjatlar tuzish majburiyati yuklatilgan. Shu tufayli hujjatlarning sifatsiz rasmiylashtirilishi, buxgalteriyaga berishning kechiktirilishi, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning asoslanmaganligi, shuningdek noqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar tuzilganligi uchun ularning javobgarligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, schyotlar bog‘lanishi va boshlang‘ich hujjatlar o‘rtasidagi aloqadorlik amaliyotda buxgalterlik hisobi sifatini oshirish maqsadida qayd etib o‘tilgan.
Ushbu qo‘llanma buxgalterlar uchun foydali bo‘lishi va Hisobvaraqlar rejasini yanada yaxshiroq o‘zlashtirib olishda yordam berishiga ishonch bildiramiz.
Keyingi o‘rinlarda:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin