Yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlarni hisobga
oluvchi schotlarning (2300) bog‘lanishi
Korxonaning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schotida amalga oshiriladi. Xususan, ushbu schot quyidagilarni ta’minlaydigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qo‘llaniladi:
- energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan xizmat ko‘rsatish;
- transport xizmatini ko‘rsatish;
- asosiy vositalarni ta’mirlash;
- asboblar, shtamplar, ehtiyot qismlar, qurilish detallari va konstruksiyalarini tayyorlash yoki qurilish materiallari tarkibini boyitish (asosan, qurilish korxonalarida);
- tosh, shag‘al, qum va boshqa noruda materiallarni qazib olish;
- yog‘och materiallarini tayyorlash va taxta qilish;
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash, quritish va konserva qilish (asosan, savdo korxonalarida).
Mazkur schotning debeti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash, nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash va boshqalar kreditidan aks ettiriladi.
Ishlab chiqarishi tugallangan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summalari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish", 2510 "Umumishlab chiqarish xarajatlari", 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9130 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi", 9420 "Ma’muriy xarajatlar" va boshqalar bilan bog‘langan holda 2310 schotning kreditida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |