3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Davr xarajatlarini hisobga oluvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə110/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi
schotlarning (9400) bog‘lanishi

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9410 "Sotish xarajatlari";
9420 "Ma’muriy xarajatlar";
9430 "Boshqa operatsion xarajatlar";
9440 "Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari".
Davr xarajatlarining tarkibi Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
9410 "Sotish xarajatlari" schotida mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlar, ya’ni mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va bo‘limlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi.
9420 "Ma’muriy xarajatlar" schotida korxonani boshqarish bo‘yicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, ma’muriy ahamiyatga molik asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo‘jalik ahamiyatidagi binolarning ijara to‘lovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schotida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari, mehnat haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va rag‘batlantirish ahamiyatiga molik to‘lovlar, bank va depozitariy xizmatlarining to‘lovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa operatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari bo‘lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
9440 "Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari" schotida Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2.4-bo‘limida keltirilgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida ushbu barcha schotlar yakuniy aylanmalar bilan yopiladi va 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga ko‘chiriladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin