3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə18/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga
oluvchi schotlarning (0700) bog‘lanishi

Qurilayotgan (rekonstruksiyalanayotgan) kapital qo‘yilma ob’ektlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va o‘rnatiladigan texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


0710 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - mahalliy";
0720 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - xorijiy".
O‘rnatiladigan asbob-uskunalar 0710 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - mahalliy", 0720 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - xorijiy" schotlarining debetida aks ettiriladi. Asbob-uskunani o‘rnatish uchun berishda, mazkur schotlar 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni

Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Kelib tushgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilingan



0710-0720

6010

Yetkazib berish shartnomasi, tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura



2

Kelib tushgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilingan (1510 schotdan foydalanishda)



0710-0720

1510

Yetkazib berish shartnomasi, tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura



3

Kelib tushgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona bojlari hisoblangan



0710-0720

6990

Bojxona yuk deklaratsiyasi



4

O‘rnatiladigan asbobuskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning turli xizmatlari: transport, ehtiyot qismlar, shtamplarni tayyorlash va hokazolar kiritilgan



0710-0720

2310

Yetkazib berish shartnomasi, tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura, transport tashkilotlarining schotlari



5

Kirim qilingan asbobuskunalar yoki uni xarid qilish va yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar bankdagi maxsus varaqlardan to‘langan (masalan, akkreditivlar bilan)



0710-0720
(6010

6010
5510-5530)

Yetkazib berish shartnomasi, tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura, transport tashkilotlarining schotlari



6

Xususiylashtirilgan korxonaning mol-mulki tarkibidagi asbobuskuna xarid qilinishi aks ettirilgan



0710-0720

8310-8330

Oldi-sotdi shartnomasi, kirish balansi



7

O‘rnatiladigan asbobuskunalarni yetkazib berish va saqlash bilan bog‘liq ishlar uchun mehnat haqi hisoblangan



0710-0720

6710

Ish vaqti hisobi tabellari, ishbay mehnatga naryadlar



8

O‘rnatiladigan asbobuskunalarni xarid qilish va saqlash bilan bog‘liq hisoblangan mehnat haqi bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta idoralariga ajratmalar amalga oshirilgan



0710-0720

6520

Ijtimoiy sug‘urta idoralariga ajratmalar yuzasidan hisob-kitob



9

O‘rnatiladigan asbobuskunalarni xarid qilish, yetkazib berish va saqlash bilan bog‘liq turli xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan to‘langan:









Bo‘nak hisobotlari




a) agar ularga bo‘nak berilgan bo‘lsa



0710-0720

4230-4290







b) agar ularga bo‘nak berilmagan bo‘lsa



0710-0720

6970




10

O‘rnatiladigan asbobuskunalar aksiyalar uchun to‘lov sifatida kelib tushgan



0710-0720

4610

Aksiyalarga obuna, uskunalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



11

O‘rnatiladigan asbobuskunalar o‘z bo‘linmalaridan kelib tushgan



0710-0720

6110-6120
7110-7120

Berish to‘g‘risida qaror, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



12

O‘rnatiladigan asbobuskunalar turli shaxslardan xarid qilingan



0710-0720

6990

Oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



13

Inventarlash vaqtida aniqlangan asbobuskuna qiymatining quruvchi xarajatlariga kiritilgan kamomadidan yuqori summasi aks ettirilgan



0710-0720

9390

Inventarlash dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



14

Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskuna qiymatini oshirish aks ettirilgan



0710-0720

8510

Qayta baholashni o‘tkazish to‘g‘risida qaror, qayta baholash hisob-kitobi



15

Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskuna qiymatini pasaytirish aks ettirilgan:









Qayta baholashni o‘tkazish to‘g‘risida qaror, qayta baholash hisob-kitobi






- oldingi davrda qo‘shimcha baholangan summa chegarasidagi summaga



8510

0710, 0720







- oldingi davrda qo‘shimcha baholangan summa chegarasidan yuqori bo‘lgan summaga



9430

0710, 0720




16

O‘rnatiladigan asbobuskuna banklar tomonidan ularning uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlari hisobiga to‘lanib kirim qilingan



0710-0720

6810, 7810

Kredit shartnomasi, hisobvaraq-faktura, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



17

O‘rnatiladigan asbobuskuna qarz oluvchilar tomonidan ularning uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlari hisobiga to‘lanib kirim qilingan



0710-0720

6820-6830,
7820-7840

Qarz shartnomasi, hisobvaraq-faktura, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



18

Davlat hokimiyati organi tomonidan biriktirilgan mol-mulk tarkibidagi o‘rnatiladigan asbob-uskunalar unitar korxona tomonidan olingan



0710

8330

Ustav, ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



19

Hadya shartnomasi bo‘yicha tekinga olingan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilingan



0710-0720

8530

Hadya shartnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



20

Maqsadli moliyalashtirish hisobiga olingan o‘rnatiladigan asbobuskuna kirim qilingan



0710-0720

8810-8890

Maqsadli moliyalashtirish shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



21

Inventarlash natijasida hisobga olinmagan o‘rnatiladigan asbobuskunalar ortiqchalar aniqlangan sanada shunga o‘xshash asbob-uskunaning bozor qiymati bo‘yicha (keyinchalik ortiqchalarning vujudga kelishi va aybdor shaxslarni aniqlash sharti bilan) baholangan



0710-0720

9390

Inventarlash dalolatnomasi, solishtirma dalolatnoma, inventarlash komissiyasi qarorining bayonnomasi



22

Shu’ba korxonalarga o‘rnatiladigan asbobuskunalarni egalik huquqi bilan berish yo‘li bilan ularni investitsiyalash amalga oshirilgan



9210 (0620

0710-0720
9210)

Ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



23

Qo‘shma korxonalarga o‘rnatiladigan asbobuskunalarni egalik huquqi bilan berish yo‘li bilan ularni investitsiyalash amalga oshirilgan



9210 (0630

0710-0720
9210)

Ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



24

Uyushgan korxonalarga o‘rnatiladigan asbobuskunalarni egalik huquqi bilan berish yo‘li bilan ularni investitsiyalash amalga oshirilgan



9210 (0640

0710-0720
9210)

Ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



25

Qaram jamiyatlarga o‘rnatiladigan asbobuskunalarni egalik huquqi bilan berish yo‘li bilan ularni investitsiyalash amalga oshirilgan



9210 (0650

0710-0720
9210)

Ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



26

Boshqa korxonalarga o‘rnatiladigan asbobuskunalarni egalik huquqi bilan berish yo‘li bilan ularni qisqa muddatli investitsiyalash amalga oshirilgan



9210 (5810-
5890

0710-0720
9210)

Qisqa muddatli investitsiyalash shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



27

O‘rnatishni talab etadigan asbob-uskuna o‘rnatishga berishda qiymati hisobdan chiqarilgan



0810-0820

0710-0720

O‘rnatish uchun berish yukxati



28

Oldin o‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbobuskuna sotilgan



9210

0710-0720

Oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



29

O‘rnatiladigan asbobuskuna kamomadi uchun mol yetkazib beruvchilar yoki transport korxonalariga da’volar taqdim etilgan



4860

0710-0720

Kamomad dalolatnomasi, da’vo hujjatlari



30

Inventarlash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi aniqlangan:









Inventarlash dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma, inventarlash komissiyasi qarorining bayonnomasi






a) yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunani balans qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarish



9220

0710-0720







b) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schotlarda hisobga olinadigan o‘rnatilmagan asbobuskunalarning natijalari (saldo) summasiga



8510

9220







v) yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni hisobdan chiqarish natijasida ko‘rilgan zarar summasiga



5910

9220







g) moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olinganda, bunda baholash natijasida yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunaning bozor qiymati (undiriladigan summa) yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarardan yuqori bo‘lgan taqdirda:















- yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga



4730

5910







- aybdor yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunaning bozor qiymati bilan yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farq summasiga



4730

9320







d) moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olinganda, bunda baholash natijasida yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunaning bozor qiymati (undiriladigan summa) yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda:















- yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga



4730

5910







- aybdor yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunaning bozor qiymati bilan yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farq summasiga



9430

5910







ye) kamomad aybdorlari aniqlanmaganda yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskuna chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi



9430

5910




31

Tabiiy ofatdan keyin inventarlash natijasida aniqlangan asbobuskunalar kamomadi aks ettirilgan



9720

0710-0720

Inventarlash dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma, inventarlash komissiyasi qarorining bayonnomasi, tabiiy ofat bo‘yicha ekspertiza dalolatnomasi



32

Import bo‘yicha xarid qilingan o‘rnatiladigan asbob-uskuna hisobga olingan



0720

6010

Bojxona yuk deklaratsiyasi, mol yetkazib berish shartnomasi, hisobvaraq-faktura




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin