302 bir g‘azal sharhi shokirova Hilola


Proceedings of Ingenious Global Thoughts



Yüklə 341,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.02.2023
ölçüsü341,32 Kb.
#86011
1   2   3   4
402-Article Text-1666-1-10-20201130

Proceedings of Ingenious Global Thoughts
An International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from San Jose, California 
https://conferencepublication.com 
November 29
th
, 2020 
303 
Uchinchi baytdagi “tanzi‟-ul-mulk” birikmasi Qur‟oni Karimdagi (tanza‟ul-mulka mimma tashou)-
“podsholikni xohlagan odamingdan tortib olasan” oyatiga ishora.
5
Shoir ushbu misrada Alloh barcha 
narsaga qodir xattoki, u har qanday o„zini qudratli, o„zini hamma nasaga qodirman deb o„ylagan podshoni 
ham xohlagan paytida gadoga aylantirib qo„ya oladi, yoki aksincha O„zi xohlagan bandasini podshohga 
aylantirib qo„ya oladi. Xuddiki, Dorodek mashhur podshohni ham Iskandardek yosh yigitga bosh egidirib 
mag‟lub qilib qo‟ygandek. Alloh Taolo O„zi har qanday vaziyatda adolatli, xalq uchun foydali yo‟lga 
boshqaradi. Ushbu uchinchi bayt Qur‟oni Karimdagi “Oli-Imron” surasi 26-oyatiga ishora desak xato 
bo‟lmaydi.
Yo„ling muhlik toshi yoquti ahmar, 
Eshiging tiyra gardi mushki soro. 
To„rtinchi baytdagi “muhlik” so„zi “o„ldiruvchi, halok qiluvchi, halokatli”
6
“ahmar”- “qizil”, 
“tiyragard”-“quyuq chang, to„zon, qorong„ulik”
7
degan ma‟noni bildiradi. Fikrimcha, Jannat yo„li haqida 
gap ketyapti. Aniqroq qilib aytganda, Allohga olib boradigan yo„l qanchalik mashshaqatli bo„lmasin, u 
yo„lning toshlari qizil qimmatbaho yoqutga o„xshatilyapti. Jannatning eshigi mashaqqatli amallar
8
bilan 
o„ralgan, lekin shunday bo‟lishiga qaramay u yerdan hushbo‟y mushkanbar hidi anqib turishi aytilyapti. 
Soho bo‟lsa shabistoninda toli‟, 
Bo‟lub nuri quyoshdek olamaro 
Beshinchi baytda eng kichik va nursiz yulduz ham qorong„u tunda nur sochsa quyosh nuri kabi butun 
borliqni yoritadi. Bu baytda Alloh Taoloning mag„firati biz bandalarning gunohlaridanda kengligiga ishora 
qilinyapti. Alloh Taoloning eng yaxshi ko„rgan bandasi unga tavba qiluvchilardir. Banda tog‟dek gunoh 
qilib chin dildan afsuslanib, nadomat chekib bir marta tavba qilsa Alloh Taolo InshaAlloh O‟z mag„firatiga 
olishi aytilgan hadislarda. Bu baytda ham insonning gunohlari qop-qora tunga o‟xshatilyapti va tavbasi esa 
kichik bir yulduzga qiyos qilinyapti. Alloh esa shu kichik bo‟lsa ham, lekin chin dildan qilingani uchun u 
bandaning butun xayotini kichik bir tavbasi orqali quyosh nuridek yorityapti. Alloh Taolo juda ham 
mag‟firatli Zot. 
Navoiy nafs zulmatig„a qolmish, 
Sen o„lmay xizri rah chiqmoq ne, yoro 
Bu baytda yuqorida aytib o„tilgandek, Navoiy ham o„z nafsning qorong„u tubiga tushib qolgandek 
xis qilyapti va Alloh taoloning O„zi bu nafsning qorong„uligidan olib chiqsa ne ajab?! 
Qiyomatda gunohin afv etarg„a, 
Rasulingni shafi‟ et, kirdigoro 
Barcha banda xohlaganidek, lirik qahramon ham qiyomat kuni o„z gunohlaridan xoli bo„lishni 
xohlaydi va buning uchun u Yaratgan Tangri taolodan, payg„ambarimiz Muhammad solollohi alayhi 
vasallamning o„zlari unung gunohlariga afv so„rab oluvchi qilsin deb duo qilib o„z g„azalini chiroyli 
yakunlayapti. 
Alisher Navoiy – buyuk shoir, biz uning g‟oyalari ustida ozgina to„xtaldik. Butun she‟riyatining 
fasohati, go„zalligi bilan qalblarga huzur bag„ishlayni. Undagi oliy uyg„unlik, oliy san‟atkorlik, oliy 
tuyg„ular, qaynoq muhabbat (Allohga, payg„ambarlarga, pirga, go‟zal insonga, yaxshilikka muhabbatning 
ajabtovur uyg„unligi) ruhiy orom va ma‟naviy yuksalish manbaidir. Shoirning har bir bayti – bir mo„jiza, 
hayrat namunasi ekanigini guvohi bo„ldik.
9
5
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан 
нашриёти 3-жилд. Б-180 
6
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан 
нашриёти 2-жилд. Б. - 410
7
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан 
нашриёти 3-жилд. Б. - 326
8
Baytda “tiyragard” so„zi bilan berilgan bo„lib, mashaqqatli amallar quyuq chang-to„zonga o„xshatilyapti. 
9
Н.Комилов Хизр чашмаси, Т.: «МАЪНАВИЯТ», 2005. Б.-26



Yüklə 341,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin