Proceedings of Ingenious Global Thoughts An International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from San Jose, California
https://conferencepublication.com
November 29
th
, 2020
304 Alisher Navoiyning g„azalidagi ma‟nolar,bevosita muqaddas Qur‟oni karim va hadislar bilan
chambarchas bog‟liq. Shoir g„azallarining ayrimlarida ketma-ket kelgan misra yoki baytlarda Qur‟oni
karimdagi ba‟zi bir oyatlar yoki hadisi shariflarga ishorani kuzatamiz. Men ham o‟z sharximda shu
ishoralarni ochib berishga urunib ko„rdim. Yuqoridagi g„azalning misralarida Qur‟oni karimning oyatlariga
va bir qancha hadislarga ishorani ko„rib chiqdik. Bu ikki buyuk manba, barchamizga ma‟lumki, Islom
dining ustuni hisoblanadi, ulardan yaxshi ilmga ega bo„lmasdan turib Husayn Bayqaro aytganidek, «Aning
nazmi vasfida til qosir va bayon ojiz turur». G„azalni tushunmay turib, albatta, Navoiy tafakkuriga ham kirib
bo„lmaydi. Biz qanchalik diniy, dunyoviy, falsafiy va tasavvufiy bilimlarimizini ko„paytirsak, shunchalik
Navoiy asarlari sharhiga va tafakkuriga yaqinlashamiz.
Shu o„rinda aytib o„tish kerakki, insoniyatga ayniqsa biz yoshlarga Navoiyning asarlarini o„rganish,
undagi tarbiyaviy pand-nasihatlarni o„zimizga singdirishimiz kerak. Shu o„rinda Najmiddin Komilov
fikrlarini keltirmoqchiman: “Men aminmanki, insoniyat yangi XXI asrda Navoiy singari ulug„ mutafakkir
ijodkorlarga yanada ko„proq muhtoj bo‟ladi. Chunki hozir insonning aqliy kashfiyoti behisob va
hayratlanarli. Ammo insoniyat ma‟naviy kamolot jihatidan juda ham oldinga borgan emas, aksincha, Navoiy
ma‟naviyati cho„qqisidan qaraydigan bo„lsak, anchagina orqaga ketganimiz ma‟lum bo„ladi. Shu uchun ham
Navoiyga qaytish, Navoiy olamini yangidan kashf etishning zarurati va ahamiyati katta.”
10
Navoiy - ma‟naviyatimiz ummoni. Undan qancha qonib ichsak, shuncha yuksalamiz.
11