304- gurux talabasi qurbonova Maftuna “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan


Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari



Yüklə 79,14 Kb.
səhifə4/11
tarix13.04.2023
ölçüsü79,14 Kb.
#97189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maktabgacha ta\'lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruhlarida matematik mashg\'ulotlarini o\'tkazish texnologiyasi va tashkil qilish

1.2. Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari


Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalar umumiy bilimlarni o‘rganish bilan birgalikda jamoa bilan kelishishni, o‘zaro bir - birini qo‘llab-quvvatlashni, yordamlashishni, jamoada o‘zini tuta olishni o‘rganadilar va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini chiroyli ifoda eta olish kabi fazilatlar shakllanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va ularda bir necha g‘oyalar aks ettirilgan:

  1. g‘oyalardan biri – bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil jihatlarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarish va hokazo;

  2. izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali izohlashni o‘z ichiga oladi;

d) uchinchisi – matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi.
Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga harakat qilingan.



Yüklə 79,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin