OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI BO’LIM YO’NALISHI
304- GURUX TALABASI
Uzoqova Zulxumor Xabibulloh qizi “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan
“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQTNI IDROK QILISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Ilmiy rahbar: __________________________
Qo’qon 2023
Reja KIRISH ………………………………………………………………………........3
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQT VA UNI IDROK YETISHGA O’RGATISH
1.1. Vaqt va uning xususiyatlari…………………………………………………...5
1.2. Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi……………………………….7
II BOB. KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQTNI HIS QILISHNI RIVOJLANTIRISH
2.1. Bolalarda idrokning rivojlanishi………………………………………...……11
2.2. Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish……………………….15
XULOSA………………………………………………………………..…….…..22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………..…………...24
Kirish
«Biz uchun bolalarimizning maʼnaviyati, bilimi, sogʻligi eng muhim masala»1
Vaqtning asosiy qabul qilinishi bu sezish qobiliyatidir har xil kompleks analizator vaqtni sezish qobiliyatining cho`zilishiga ta`sir qiladi, lekin asosiy xususiyati deb I.M. Sechenov eshitish va tananing sezgi qobiliyatlariga e`tibor bergan "Vaqt tovush va tananing sezish qobiliyati insonga vaqt haqida tushuncha beradi, shunda ham to`la o`z mazmuni bilan emas balki vaqt bir tomonlama tovushning tortilishi va tananing sezishini tortilishi. SHuning uchun I.M.Sechenov eshitish va sezish xususiyagidan bu vaqt bo`shlig’ining /drob/ analizatorlari degan edi.
O`quv yilining boshida katta gruppa bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustahkamlanib vaqt bolalar faoliyatining konkret mazmuni va ular atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning ob`ektivroq ko`rsatkichlari - tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog’laydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan va ular atrofidagi kattalar bilan kun davomida nima qiladilar, ularni qanday izchillikda qachon bajaradilar, erta tong kunduz kechqurun haqidagi taassurotlari to`g’risida suhbatlashadi. U bolalarga tegishli she`r va hikoyalarni aytib beradi. Ko`rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o`rin ko`rpalarni yig’ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, bizning kun o`yini yordam beradi.