3,4-Amaliyot mashg‘uloti. Mavzu



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/3
tarix31.10.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#66944
  1   2   3
3,4-amaliyot OAT


3,4-Amaliyot mashg‘uloti.
Mavzu: Optik tolaning bukilishi tufayli sodir bo‘ladigan so‘nish solishtirma koeffitsientining uning bukilish radiusiga bog‘liqligini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: So‘nishlarning optik tolaning bukilishi tufayli sodir bo‘ladigan so‘nish solishtirma koeffitsientining uning bukilish radiusiga bog‘liqligini tadqiq etish.


1.Nazariy qism

Ma’lumki optik kabelli aloqa liniyalarini qurish allaqachon abonent liniyalarida boshlangan. Abonent liniyalari, shuningdek inshoatlar ichida optik kabellarni yotqazish orqali bunday liniyalarni o‘tkazish qabiliyatini oshirilmoqda. Demak endi optik kabellarni deyarli keskin burilish, eshilish va egishlarsiz yotqazish amalga oshiriladigan magistral tarmoqlarga emas, balki xuddi ana shu ta’sirlar juda ko‘p amalga oshadigan abonent liniyalariga yotqazishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni abonent uchastkasida optik kabellarni yotqazish jarayonida keskin qayrilishlar, burilishlar, aylanib o‘tishlar lozim bo‘lgan xolatlar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa optik kabel tarkibidagi optik tola bo‘ylab uzatilayotgan optik signalni quvvaatini kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Optik signallarni quvvatini kamayishi albatta bu so‘nish demakdir.



Optik tola bukilishidagi optik nurlanishning yo‘qotilishi

Bilamizki, nurning optik tola bo‘ylab tarqalishi uning tola o‘zagi va qobig‘i chegarasi bo‘yicha to‘liq ichki qaytishiga asoslanadi. Bu to‘la ichki qaytish jarayoni qachon amalga oshadi, qachonki nur ikki muxit(tola o‘zagi va qobig‘i) chegarasiga kritik (to‘la ichki qaytish) burchakdan katta bo‘rchakda tushgandagina. Optik tolaning biror bir kichik radiusga egilishi bu tushish burchagini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va nurlanishning ma’lum bir qismi tashqariga chiqib ketadi (3.1 - rasm).


3.1.a – rasmda optik tolaning o‘zak qobiq chegarasiga nurlanishning kritik burchakdan katta bo‘lgan burchakda tushishi tasvirlangan. 3.1.b.rasmda esa tolaning bukilishi xisobiga tushish burchagining kritik burchakdan kichik bo‘lishi va oqibatta nurlanishning bir qismini optik toladan sizib chiqib ketishi tasvirlangan.

3.1- rasm. Optik tola bukilishida nurlanishni sizib chiqishini giometrik optika nuqtai nazaridan tushuntirilishi


Elektrodinamika nuqtai nazaridan qaralganda ham, optik tolaning bukilishida nurlanishni sizib chiqib ketishini tushuntirrish mumkin. Ya’ni, nurlanishning tarqalish maydoni o‘zakka konsentratsiyalangan bo‘ladi, lekin qisman o‘zakdan tashqariga chiqqan bo‘ladi. Buning sababi albatta nurlanish tarqalish modasining diametri odatda o‘zak diametridan katta bo‘ladi va u eksponensial qonuniyat bo‘yicha so‘nib boradi. Optik tolaning egilgan joyida modaning bu periferiya qismi qobiqda yorug‘likninng tarqalish tezligini oshiruvchi fazaviy tezlik bilan tarqaladi va bu o‘z navbatida nurlanishni ma’lum qismini sizib chiqishiga sabab bo‘ladi (3.2-rasm).


3.2-rasm. Elektrodinamika nuqtai nazaridan tola bukilishida nurlanishni sizib chiqishi.


a) modaning tola o‘agi bo‘ylab tarqalishi.
b) tola egilishi xisobiga nurlanishni
toladan sizib chiqish xolati

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin