34-mavzu: O‘zini o‘zi massaj qilish reja


Bilak va yelkada o‘zini o‘zi massaj qilish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə3/3
tarix01.05.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#105663
1   2   3
34-mavzu

Bilak va yelkada o‘zini o‘zi massaj qilish. O‘tirish holatida yuqori sohalarning o‘z-o‘zini massaj qilish eng yaxshi variantdir, chunki bu holat mushaklarning bo‘shashini ta’minlaydi. Massaj qilishda har qanday usullardan foydalanishingiz mumkin. Bilakni maksimal bo‘shashtirish uchun unga fiziologik holat beriladi, biseps, triseps bilan ishlashda qo‘l ushlanib, ichki yuzasiga bosiladi.

Bo‘yin va boshni o‘z-o‘zini massaj qilish. Trapetsiya mushaklarini o‘tirgan holda massaj qilinadi. Massaj silash, ishqalash va ezish yordamida bo‘yindan yelkaga o‘tkaziladi. Oldindagi bo‘yinni faqat silash, orqaga ishqalash va ezish orqali massaj qilish mumkin, barcha harakatlar yuqoridan pastga qarab qilinadi. Arteriyalar hech qachon massaj qilinmasligi kerak! Boshini o‘z-o‘zini massaj qilish uchun, bosh oldinga engashiladi, keyin silash va aylana harakatlar orqali ishqalash lozim.



Nazorat savollari:
1. O‘zini o‘zi massaj qilish usullarini so‘zlang.

  1. Son mushaklarini o‘zini o‘zi massaj qilish qanday bajariladi?

3. O‘zini o‘zi orqada massaj qilishni amalga oshirish texnikasini gapirib bering.
4. Bosh va bo‘yinda o‘zini o‘zi massaj qilishni amalga oshirish.
5. Yelka va bilakda o‘zini o‘zi massaj qilishni amalga oshirish.
6. Pastki sohalarda o‘zini o‘zi massaj qilishni amalga oshirish.
5-BOB. DAVOLOVCHI MASSAJ TEXNIKASI VA USLUBI
1-MAVZU: DAVOLASH MASSAJI


Davolash massaji qadim zamonlardan beri turli xil xastaliklarni davolashda o‘ta samarali hisoblangan. Davolash massaji o‘ziga xos nomaxsus davolash usuli bo‘lib, butun organizmning me’yorda ishlashini ta’minlab beradi. Massaj muolajasi ko‘plab davolash usullarining bir qismi sanalib, uni shifoxonalarda, sihatgohlarda, poliklinikalarda va davolash profilaktik muassasalarida keng qo‘llaniladi. Turli xil davolash massajini qo‘llash usullari kasallikning shakli va xususiyatiga ko‘ra o‘zgarib borishi mumkin. Turli xil xastaliklarda o‘zining uslubi mavjud bo‘lib, u kasallikning kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmining patologiyasi, uning asosiy xususiyatlari sababi bilan aniqlanadi, so‘ng tanaga bo‘lgan ta’sir usullari ishlab chiqiladi. Davolash massaji silash, ishqalash, ezish, vibratsiya usullarini o‘z ichiga oladi. Massaj usullari yakka tartibda mushaklarning kattaligi va shakli bilan, kasallikning xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin