1. Amaliy mashg‘ulot: 20 daqiqa
K.Qosimovaning “Ona tili o‘qitish metodikasi“da imloga o‘rgatish metod va usullari , mashqlari sistemasi haqida nima deyilgan?
2. Boshlang‘ich sinflarda imloviy malakalar qanday mashqlar asosida shakllantiriladi? Ularga misollarga keltiring.
3.Otlarning birlik va ko‘plikda, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘ qo‘llanishini o‘rgatishning eng maqbul usulini misollar bilan tushuntiring.
4.Otlarning son va egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘rgatishda o‘quvchilarda q.anday imloviy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi? Dars fragmentini namoyish qiling.
5.Fe’llarning bo‘lishli-bo‘lishsizligi, zamoni va shaxs-soni o‘rganiladigan dars fragmentida imloga o‘rgatishni yoritib bering.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa. Taqdimot: 5 daqiqa
4-bosqich Yakuniy bosqich (5 daqiqa)
1.Blits texnologiyasi asosida mavzu yuzasidan talabalar bilimini aniqlash.
2. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib yeching.
Mavzuni mustahkamlashda darslik materiallari ustida ishlash bo‘yicha topshiriqlar. 1. Namunaviy va konstruktiv mashqlarni tashkil etish bo‘yicha darslik materiallariga munosabatingizni bildiring.
2. Berilgan namunaviy va konstruktiv mashqlarni kichik guruhlarda taqsimlab olib, ular ustida ishlash yo‘lini ochib bering.
Talabalarning dars davomida ko‘zatganlari bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritishga, mustaqil xulosalar chiqara olishga o‘rgatish.
Metod.Darsning to‘liq namunasini kuzatish bo‘yicha talabalarga ko‘rsatmalar:
dars mavzusi bo‘yicha maqsad va vazifalarning, metod va ko‘rgazmalarning aniq belgilab olinganlik darajasi;
yangi mavzuni tushuntirishda ma’lumotlarning ilmiy to‘g‘riligi;
darsning metodik to‘g‘ri tashkil etilganligi;
yangi mavzuni mustahkamlashda topshiriqlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, xilma-xilligi, pedagogik texnologiyalardan foydalanilganligi;
mavzuni o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash, o‘rganilganlarni umumlashtirib, yakunlashi, tarbiyaviy xulosalarning aniqligi;
o‘quvchilar bilimini hisobga olishi va baholashning haqqoniyligi;
o‘qituvchi nutqining ravonligi, savol-topshiriqlarning anih izchil berib borishi;
kuzatilgan darslarning tahlilida darsning yutuqlari, so‘ng kamchiliklari ustida fikr-mulohazalar bildiradi.